Milliy va umummadaniy kompetentsiyalar: A2 kundalik turmushda matematikaning o‘rnini tushunish, uning ahamiyatini va har bir shaxs madaniyatning tarkibiy qismi ekanligini his qila borish;
maktabda va jamoat joylarida o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
hisoblashning amaliy ko‘nikmalarini va hisoblash madaniyatini o‘zlashtira borish;
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarning matematika rivojiga qo‘shgan hissalaridan xabardor bo‘lish, ulardan o‘rnak olish va faxrlanish orqali milliy g‘urur va vatanparvarlik xislatlarini rivojlantirish.
A2+ matematika fani bo‘yicha o‘rganilgan milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetentsiyalari : A2 kundalik turmushda matematik hisob-kitoblarga asoslangan o‘z shaxsiy sarf-xarajatlari rejasini tuzish, oila uchun kichik kundalik xaridlarni oqilona va foydali ravishda amalga oshira olish hamda xarid chog‘ida to‘lov va qaytimni chamalay olish;
kundalik faoliyatda uchraydigan sodda diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish va tushunish;
kundalik turmushda uchraydigan turli (uzunlik, yuz, hajm, massa, vaqt, tezlik va boshqa) kattaliklarning o‘lchov birliklarini bilish, ular ustida hisob-kitob ishlarini olib borish;
suv, gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta’minoti kabi turli kommunal xizmatlardan foydalanishda tejamkor bo‘lish va ularga oid to‘lovlarni amalga oshira olish;
A2+ muayyan algoritm va qoidalar asosida murakkab bo‘lmagan hisoblashlarni bajarish, tenglamalarni yechish, yassi va fazoviy geometrik shakllarni tasvirlashda turli ta’lim vositalari, o‘quv qurollari, kichik kompyuter dasturlari va mobil multimedia ilovalaridan foydalana olish.
iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda o‘rganilgan matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llay oladi;
I BOB. NATURAL SONLAR VA SHKALALAR (15 soat, A2+: 8 soat)