85-86 -mavzular:O‘nli kasrlarning yozilishi va o‘qilishi. O‘nli kasr haqida tushuncha, o‘nli kasrlarni yozish qoidasi (2 soat) 87-88 -mavzular:O‘nli kasrlarni taqqoslash (2 soat) 89-91 -mavzular:O‘nli kasrlarni qo‘shish va ayirish (3 soat) 92-93 -mavzular: Sonning taqribiy qiymati. Sonlarni yaxlitlash (2 soat) 94-96-mavzular: Amaliy mashq va tatbiq. Chamalab yechiladigan masalalar (3 soat) A2+:Tasodifiy hodisalar. “Bo‘lishi mumkin” va “Bo‘lishi mumkin emas”. Qora qutidagi sharlar bilan tajriba. Muqarrar sodir bo‘ladigan, muqarrar sodir bo‘lmaydigan tasodifiy hodisalar. “Tanga tashlash” tajribasi. Tasodifiy hodisaning sodir bo‘lish chastotasi va ehtimolligi. Ehtimollikka oid sodda masalalarni yechish (2 soat) A2+:Matematika yordamga keladi! Matematikaning qishloq hujaligida, fermada, tadbirkorlikda, duradgorlikda, dalada, tabiatda, ro‘zg‘orda va boshqa turli sohalarda qo‘llanishiga doir topshiriqlar (keyslar)ni yechish hamda taqdimot tayyorlash (2 soat) Nazorat ishi (1 soat ). Хаtolar ustida ishlash. Маsala va testlarni yechish (1 soat).
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetentsiyalar: A2 O‘nli kasrni o‘qish va yozish, oddiy kasrni o‘nli kasrga va o‘nli kasrni oddiy kasrga aylantira olish.
O‘nli kasrlarni “ustun” ko‘rinishida qo‘shish va ayirish, o‘nli kasrni xona birliklari yig‘indisi ko‘rinishida yoyish, koordinatalar nurida o‘nli kasr xonalar bo‘yicha yoyilmasiga ko‘ra tasvirlash, o‘nli kasrlarni qo‘shish xossalarini amallarni bajarishda qo‘llash.
Sonning taqribiy qiymatini topish, sonlarni ko‘pi va kami bilan yaxlitlash.
Amaliy tadbiqqa doir masalalarni chamalab yecha olish.
A2+ Muqarrar sodir bo‘ladigan, muqarrar sodir bo‘lmaydigan va tasodifiy hodisalar haqida tasavvurga ega bo‘lish.