Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi): A2 o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
III BOB. ODDIY KASRLARNI KO‘PAYTIRISH VA BO‘LISH (17 soat)
33-35-mavzular: Oddiy kasrlarni va aralash sonlarni ko‘paytirish.(3 soat) 36-38-mavzular: Sonning qismini topish. (3 soat) 39-40-mavzular: Ko‘paytirishning taqsimot qonuni va uning tatbiqlari. (2 soat) 41-42-mavzular: O‘zaro teskari sonlar. (2 soat) 43-44-mavzular: Oddiy kasrlarni bo‘lish. (2 soat) 45-47-mavzular: Qismiga ko‘ra sonning o‘zini topish. (3 soat) Nazorat ishi. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A2 o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
ko‘paytirishning taqsimot qonunini qo‘llab misol va masalalarni yecha oladi;
oddiy kasrlarni va aralash sonlarni ko‘paytira oladi;
o‘zaro teskari sonlarni son o‘qida tasvirlay oladi;
oddiy kasrlarni bo‘lishni bajara oladi;
qismiga ko‘ra sonni topa oladi, turli ko‘rinishlarda va modellarda tasvirlay oladi.
A2+ bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.