83-85-mavzular: Har xil ishorali sonlarni qo‘shish. (3 soat) 86-87-mavzular: Sonlarni ayirish. (2 soat) А2+:Теkislikdagi geometrik shakllar bilan tanishuv (4 soat). Nazorat ishi. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A2 o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
butun sonlar ustida qo‘shish va ayirish amallarini bajara oladi, koordinata o‘qida tasvirlay oladi.
A2+ bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi): A2 o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
VII BOB. MUSBAT VA MANFIY SONLARNI KO‘PAYTIRISH VA BO‘LISH (11 soat, А2+: 4 soat)
88-89-mavzular: Sonlarni ko‘paytirish. (2 soat) 90-92-mavzular: Sonlarni bo‘lish. (3 soat) 93-95-mavzular: Ratsional sonlar haqida tushuncha. Ratsional sonlar ustida bajariladigan amallar xossalari. (3 soat) 96-mavzu: Sodda hollarda natural sonlar darajalarini, qiymati ratsional son bo‘lgan kvadrat ildizlarini hisoblash. Davriy kasr haqida tushuncha. (1 soat) А2+: Аmaliy-tajriba va sinov mashqlari (4 soat). Nazorat ishi. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat)