Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi


А2+ Geometrik yasashlar (4 soat)



Yüklə 461,42 Kb.
səhifə51/89
tarix08.06.2022
ölçüsü461,42 Kb.
#60941
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   89
Matemetika fani talim standarti

А2+ Geometrik yasashlar (4 soat).
Nazorat ishi. (1 soat)
Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat)


O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A2
o‘rganilgan geometrik faktlarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
berilgan bur­chakka teng burchakni, burchak bissektrissasini, berilgan to‘g‘ri chiziqqa perpendikulyar to‘g‘­ri chiziqni, kesmani teng ikkiga bo‘lish, uchburchakning berilgan uch tomoniga ko‘ra yasay oladi.
A2+
bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.


Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi):
A2
geometrik yasash algoritmlarini notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
Takrorlash. (9 soat)
Amaliy-tajriba va sinov mashqlari. (3 soat)
Yakuniy nazorat ishi. (2 soat)


Mavzularni o‘rganish uchun - 47 soat (A2+: 77 soat)
Nazorat ishlari uchun - 6 soat (A2+: 8 soat)
Xatolar ustida ishlash uchun - 6 soat (A2+: 8 soat)
Takrorlash uchun -9 soat (A2+: 9 soat))
Jami - 68 soat (A2+: 102 soat)
8-SINF
ALGEBRA
(102 soat, haftasiga 3 soat, A2+:34 soat, haftasiga 1 soat)


O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:


Kommunikativ kompetensiya:
A2
matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy olish;
so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;
fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
matematikaga oid audiomatnni tinglab, video tasvirlarni ko‘rib tushunish, tegishli munosabat bildira olish;
matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish, matematik qoidalarni yoddan ifodali ayta olish.
A2+
mavzudan kelib chiqqan holda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda tushuntira olish, matematik muammoni hamkorlikda yechganda jamoada samarali ishlay olish.



Yüklə 461,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin