9-10-mavzular: Kvadrat tengsizlik va uning yechimi. (2 soat) 11-13-mavzular: Kvadrat tengsizlikni kvadrat funksiya grafigi yordamida yechish. (3 soat) 14-17-mavzular: Intervallar usuli. (4 soat) Nazorat ishi. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat) O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A2 o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
kvadratik tengsizlikni chiziqli ko‘paytuvchilarga va grafik usulda ajratib yecha oladi;
funksiyalar chiziqli, yoki kvadratik bo‘lgan holda tengsizlikni yecha oladi.
A2+ bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi;
Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi): A2 o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
III BOB. RATSIONAL KO‘RSATKICHLI DARAJA (11 soat, А2+:14 soat)
17-19-mavzular: Butun ko‘rsatkichli daraja va uning xossalari. (3 soat) 20-22-mavzular: Natural ko‘rsatkichli darajaning arifmetik ildizi. Arifmetik ildizning xossalari. (3 soat) 23-24-mavzular: Ratsional ko‘rsatkichli daraja (2 soat) А2+:Кo’phad ildizlari, karrali ildizlar. Ratsional ildizlarni topish (4 soat). 25-26-mavzular: Sonli tengsizliklarni darajaga ko‘tarish (2 soat)