Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi): A2 o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini notanish vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi;
o‘rganilgan geometrik tushunchalar, faktlar va metodlarini sodda kundalik vaziyatlarda qo‘llay oladi.
A2+ o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni murakkabroq vaziyatlarda qo‘llay oladi.
III BOB. AYLANA UZUNLIGI VA DOIRA YUZI (12 soat, А2+:11 soat)
29-31-mavzular: Aylanaga tashqi va ichki chizilgan ko‘pburchaklar. Muntazam ko‘pburchaklar.(3 soat) 32-34-mavzular: Muntazam ko‘pburchakka tashqi va ichki chizilgan aylanalar. Muntazam ko‘pburchakning tomoni bilan tashqi va ichki chizilgan aylanalar radiuslari orasidagi bog‘lanish. (3 soat) Nazorat ishi. (1 soat) Xatolar ustida ishlash. Masala va testlarni yechish. (1 soat) 35-36-mavzular: Aylana uzunligi, soni. Aylana yoyi uzunligi. Burchakning radian o‘lchovi. (2 soat) 37-38-mavzular: Doira va doira bo‘laklarining yuzi. Amaliy-tajriba va sinov mashqlari. (2 soat) А2+: Uchburchak-aylana va to’rtburchak-aylana konstruksiyalari (3 soat). А2+: Ichki va tashqi chizilgan ko’pburchaklarga oid murakkabroq masalalar
(3 soat). А2+: Cheva va Menelay teoremalari (3 soat). Nazorat ishi (1 soat, А2+: 1 soat). Хаtolar ustida ishlash. Маsala va testlarni yechish (1 soat, А2+: 1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A2 o‘rganilgan geometrik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi, tegishli misollar keltira oladi;
ichki va tashqi chizilgan aylana radiusi, aylana va uning yoyi uzunligi, doira va uning bo‘laklari yuzini formulalardan foydalanib hisoblay oladi;
egri chiziq uzunligini o‘lchay oladi va chamalab baholay oladi; berilgan yassi figuraning yuzini chamalab, baholay oladi.
A2+ bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.