Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A2 turli nuqtai nazarlarni qabul qila olish va solishtira olish;
guruhda ishlash faoliyatini tashkil eta olish, bajariladigan ishlar taqsimotiga asosan boshqara olish;
boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish va uni tanqid qila olish, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila olish.
atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish;
muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zining tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qila olish;
guruhda ishlash paytida turli maxsus rollarni ijro eta olish.
A2+ umumiy muammoni yechish uchun guruh faoliyatini loyihalashtira olish va bu loyihaning bajarilishini nazorat qila olish; guruh a’zolarning fikrlarini jamlab, umumiy fikrni bayon qila olish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: A2 matematika umumbashariy madaniyatning bir qismi ekanligini asoslab bera olish;
zamonaviy dunyoda matematikaning o‘rnini tushuntira olish;
real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana olish va bu usullar samarali ekanligini tushuna olish;
matematikaning har bir shaxsni mustaqillik, tanqidiy mulohaza yuritish, irodali bo‘lish va maqsadga erishi uchun matonatlilik kabi hislatlarni hosil qilish nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega ekanligini tushuntira olish;
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalarini tasvirlab bera olish;
matematik faktlarni isbotlashga qo‘yilayotgan talablarni tushuntira olish.
A2+ milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylashda matematikaning o‘rni beqiyos ekanligini tushuntirib bera olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A2 aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish;
kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish;
o‘rganilayotgan formulalar bo‘yicha murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda, tenglama va tengsizliklarni yechishda, yassi va fazoviy geometrik figuralarni tasvirlashda hisoblash vositalardan va tayyor kompyuter dasturlardan foydalana olish.
A2+ inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida, boshqa fanlarda matematikaning ahamiyatini anglay olish, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llay olish;
matematik masalalarni yechish uchun axborot-kommunikatsiya vositalari, internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va forumlaridan, simvolik hisob-kitob kompyuter dasturlaridan foydalana olish.