O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A2 natural, butun va ratsional sonlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi;
foizlar, proporsiyalar va kasrlarga oid sodda amaliy masalalarni yecha oladi;
ifodalarning yig‘indisi, ko‘paytmasi, butun ko‘rsatkichli darajalar, sodda radikallar, sodda trigonometrik ifodalarni o‘z ichiga olgan formulalar bo‘yicha aniq va taqribiy arifmetik hisob-kitoblar hamda ayniy almashtirishlarni bajarib, amalda qo‘llay oladi;
sodda ketma-ketliklar (jumladan, arifmetik va geometrik progressiyalar) va funksiyalarni taniy oladi hamda tahlil qila oladi;
tekislikda figuralarning xossalari, geometrik almashtirishlar, vektor va koordinatalar usullaridan foydalanib, masalalarni yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi;
sodda fazoviy jismlarni va ularning tarkibiy qismlarini tasavvur qiladi, sharhlay oladi, sirtlarining yuzalari va hajmlarini tayyor formulalardan foydalanib hisoblay oladi;
sodda kombinatorik masalalarni yecha oladi;
amaliy vaziyatlarda hodisalarning ro‘y berish-bermaslik imkoniyatlarini hisoblay oladi va baholay oladi.
A2+ sonlarning bo‘linish munosabatiga, Dirixle va matematik induksiya prinsiplariga, juft-toqlikka oid nostandart masalalarni yecha oladi;
ayniyatlarga, ko‘phadlarga, tenglamalar va tengsizliklarga oid nostandart masalalarni yecha oladi;
uchburchaklar haqidagi klassik teoremalardan va murakkab bo‘lmagan yassi figuralar xossalaridan foydalanib, geometrik masalalarni yecha oladi;
graflarga, to‘plamlar, obyektlarning takrorsiz kombinatsiyalariga oid masalalarni yecha oladi;
sodda amaliy vaziyatlarda ro‘y beradigan hodisalarning ehtimolliklarini topa oladi, ro‘y berish-bermaslik imkoniyatlari bo‘yicha taqqoslay oladi;
turli manbalardan ma’lumotlarni izlab topadi, dastlabki ishlov bera oladi;
bobga doir murakkabroq masalalar yecha oladi, sodda tasdiqlarni isbotlay oladi.