Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘G‘risida 1-modda. Asosiy tushunchalar



Yüklə 143,5 Kb.
səhifə7/13
tarix06.06.2023
ölçüsü143,5 Kb.
#125671
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
425-XII-сон 19.11.1991. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda korxona rahbari davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirishga doir hujjatlarni tayyorlash uchun ishchi komissiya tuzadi. Komissiya bir oylik muddatda zarur hujjatlarni tayyorlab, ommaviy mulk obyektini tasarruf etuvchiga taqdim etadi. Zarur hujjatlar ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.




(8-modda 2-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)

Komissiya korxonani davlat tasarrufdan chiqarish yoki xususiylashtirish tadbirlari rejasini ishlab chiqadi va ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchiga tasdiqlash uchun taqdim etadi, bu reja:


davlat tasarrufdan chiqarishni yoki xususiylashtirishni o‘tkazish muddatlarini; obyektning qiymatini;


korxonani qayta tashkil etishning zarurat bo‘lganda ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura obyektlaridan foydalanishning mavjud tartibi va shartlarini saqlab qolishni ham nazarda tutuvchi loyihasini;


hisob-kitoblarning tavsiya etiladigan shakl va muddatini;


imtiyozlar berish, shu jumladan davlat tasarrufdan chiqarish qismini bepul berish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.


Davlat tasarrufdan chiqarish yoki xususiylashtirish rejasiga boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.




(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)


9-modda. Davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish obyektining sotuv narxi


Oldingi tahrirga qarang.

Davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish obyektining sotuv narxini ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi belgilaydi. Sotuv narxini belgilashda obyektning davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish vaqtidagi qiymatiga asoslaniladi hamda davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish o‘tkazilayotgan paytdagi bozorning joriy konyunkturasi va obyektning qiymatiga ta’sir ko‘rsatuvchi obyektiv omillar majmui hisobga olinishi lozim.





Yüklə 143,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin