(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15-modda. Bitimlarni rasmiylashtirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi mol-mulkni yangi mulkdorga topshirayotganda unga shakli O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan, mulkdorlik huquqini tasdiqlovchi order beradi. Davlat bojining miqdori va uni to‘lash tartibi qonunda belgilanadi.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvardagi O‘RQ-600-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son)
Davlat korxonalari haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olingan taqdirda mulkdorlik huquqini tasdiqlovchi order haqning birinchi badali to‘langach beriladi. Korxonaning qiymati butunlay to‘lab bo‘lingunga qadar ommaviy mulk obyektini tasarruf etuvchi mol-mulkni tasarruf etish huquqini cheklab qo‘yishi, shu jumladan ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchining roziligisiz bu mulkni sotishni va tekinga berishni taqiqlab qo‘yishi mumkin
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
16-modda. Davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish uchun mablag‘lar manbai
1. Quyidagi mablag‘lar mol-mulkni sotib olish uchun manba bo‘ladi:
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslarning shaxsiy mablag‘lari, davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning o‘z mablag‘lari, kreditlar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan usullar bilan olingan boshqa moliyaviy mablag‘lar.
Dostları ilə paylaş: |