Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘G‘risida 1-modda. Asosiy tushunchalar


(16-modda 1-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-



Yüklə 143,5 Kb.
səhifə11/13
tarix06.06.2023
ölçüsü143,5 Kb.
#125671
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
425-XII-сон 19.11.1991. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘

(16-modda 1-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-


683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Davlat tasarrufdan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan davlat korxonasi mehnat jamoasining a’zolari korxonani quyidagi manbalar hisobiga sotib olishlari mumkin:


sof foydaning mehnat jamoasi a’zolari mulki bo‘lgan qismi;


amortizatsiya ajratmalari hamda mehnat jamoasining mulki bo‘lgan va davlat korxonasida ishlatiladigan mol-mulkni sotishdan kelgan tushum;


bank kreditlari va o‘zga qarz mablag‘lari,


mehnat jamoasi a’zolarining shaxsiy mablag‘lari,


davlat mulki bo‘lmagan boshqa mablag‘lar.


Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lardan davlat mulkini sotib olish manbai sifatida foydalanish mumkin emas.




17-modda. Davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lardan foydalanish


Oldingi tahrirga qarang.

Davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirishdan olingan mablag‘ O‘zbekiston Respublikasining va xalq deputatlari mahalliy Sovetlarning ommaviy mulki hisoblanadi.


Davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirishdan kelgan daromadlar davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish maxsus fondlarida jamlanadi. Davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish fondlarini tuzish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
18-modda. Davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish subyektlarining o‘zaro majburiyatlari
Davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish chog‘ida ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi bilan yangi mulkdor o‘rtasida o‘zaro majburiyatlar hamda davlat tasarrufdan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan obyekt faoliyatining shartlari haqida, shu jumladan:

muayyan davrgacha korxona ixtisosini, ishlab chiqarish hajmini saqlab qolish; ish joylarini saqlab qolish yoki o‘zgartirish; mahsulotni ma’lum iste’molchilarga yetkazib berish;


ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;


ijtimoiy-maishiy obyektlarni saqlash, ularning ishlash sharoitlarini saqlab qolish; xodimlarni ijtimoiy-maishiy ta’minlashning o‘ziga xos jihatlari;


o‘zga majburiyatlar haqida muayyan davrga mo‘ljallangan bitim tuzilishi mumkin.


Bitimning shartlari korxonani davlat tasarrufdan chiqarish xususiylashtirishga tayyorlash davrida belgilanadi hamda davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish subyektlariga sotilajak narx bilan birga ma’lum qilinadi.





Yüklə 143,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin