Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 307
w www.oriens.uz June 2021 Ushbu metodlar institutsionalizm nazariyasining ijtimoiy-sisosiy qarashlar
majmui sifatida tahlil qilishga va uning davlat tashqi siyosatiga doir eng muhim
xususiyatlarini yuzaga chiqarishga yordam beradi.
NATIJALARI Institutsionalizm nazariyasi anglo-sakson olamida institutsional iqtisodiyot
konsepsiyasi deb ham ataladi. Nazariya asosochisi amerikalik olim T.Veblendir.
Aynan Veblen qarashlari keyinchalik ijtimoiy konstruktivizm g’oyasining
shakllanishi va xalqaro munosabatlar nazariyasidan ham joy olishiga sabab bo’lgan
edi [2].
T.Veblen institutlarni jamiyat va shaxs o’rtasidagi muayyan munosabatlar va
ular bajaradigan muayyan funksiyalar haqida umumiy fikrlash usulidir. Ya’ni
institutlar fikrlash steriotiplari mahsuli. Ular [3]:
- stimullarga reaksiya berishning birlamchi usullari;
- ishlab chiqarish yoki iqtisodiy mexanizm strukturasi
- hozirgi vaqtda qabul qilingan jamiyat hayoti tizimi.
Nazariyaning boshqa taniqli namoyondalarri fikricha, institutsionallashuv bu
individual harakatlarni nazorat qilish, erkinlashtirish va kengaytirish bo’yicha
jamoaviy harakat (Jon Kommans) bo’lsa, institutlar esa hozirda humkronlik
qilayotgan va oliy darajada standartlashgan ijtimoiy odatlardir (Uesli Mitchel); yoki
odamlar o’rtasidagi takrorlanuvchi munosabatlarni tizimlashtiradigan/ tuzadigan
qoidalar, va bu qoidalarni amalga oshiruvchi mexanizmlar hamda hatti-harakatlar
normalaridir (Duglas Nort) [4]. Tasniflash lingvistikasi har hilligiga qarmasdan,
yuqoridagi uch olim fikridan biz institut o’rnatilgan va jamiyat tomonidan qabul
qilingan, strukturalashgan, tushunarli me’yor ekanligini bilishimiz mumkin. Demak,
institut asosan binar xususiyatga ega ya’ni, biror bir me’yor institute bo’lishi uchun
standartlashishi va doimiy ta’minlab turuvchi ijro/tartib/nazorat/ mexanizmga ega
bo’lishi kerak.
Institutsionalistlar nuqtai nazaridan iqtisodiyot fanining vazifasi nafaqat
bashorat qilish, o'zaro bog'liqlik tizimini tushunish, balki tavsiyalar berish, siyosat,
xulq-atvor va jamoat ongidagi tegishli o'zgarishlarning asosiy sabablari va
xususiyatlarini asoslashdir. Shuningdek, nazariya jamiyat manfaatlari birinchi darajali
hisoblaydi. Unga ko’ra, alohida subyektlarning harakatlari umumiy vaziyat va
manfaatlar bilan belgilanadi, aksincha emas. Xususan, shaxslarning maqsadlari va
xohishlari jamiyat tomonidan shakllanadi. Bu qarash an’anaviy siyosiy
iqtisodiyotning shaxs manfaatlari birinchi navbatda paydo bo’lishi va ular jamiyat