Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 309
w www.oriens.uz June 2021 siyosat ehtiyojlariga bog’liq deya hisoblaydi. Ularning fikricha, davlat tashqi siyosati
to’liq ratsional emas, davlat va uni yurituvchi institutlar xohishlari davlatning hatti-
harakatlari belgilab beradi va bu xohishlar doim ham ularning imkoniyatlariga to’g’ri
proportsional emas [10]. Institutsionalizm konsepti namoyondalari tinchlik vaqtida
xalqaro munosabatlarda davlatlar va boshqa aktorlar o’rtasidagi munosabatlarning
barqarorligini saqlash va muammolarni muloqot orqali hal qilish tarafdorlaridir
Ayniqsa neoliberalistik institutsionalizmga ko’ra, institutlar (ham ichki, ham
xalqaro siyosiy institutlar) davlatlarning xalqaro munosabatlarda samarali va
muvaffaqiyatli hamkorlik qilish imkoniyatini beradi. Davlat organlari va institutlari
shakllanishi va rivojlanishida nafaqat rasmiy hokimiyat mexanizmlari yoki
mansabdor shaxslar asosiy o’rin tutadi, balki hokimiyat institutlari tizimida
muayyan burilishlarga jamoat fikri ham sabab bo’lmoqda va bu fikr o’ziga xos
rasmiy va norasmiy institutlar o’rtasidagi gibrid institute hisoblanadi [7].
Neoliberalistik institutsionalizm aslida hamkorlik institutsional strukturalar va
hattoki siyosatni muvofiqlashtirish bo’yicha kelishuv mavjud bo’lmagan holatda
ham hosil bo’lishi mumkinligini ta’kidlaydi [8]. Ammo, jahon siyosatida biron bir
aktor yoki global tizimning barqaror va xavfsizligini ta’minlovchi omil aktorning
yoki global tizimning siyosiy institutlar doirasida barqarorlashuvi hisoblanadi orqali
belgilanadi. Bunda institut ma’nosida ichki siyosiy tizim elementlari, xalqaro
tashkilotlar, forumlar, tuzumlar nazarda tutiladi. Mazkur nazariya tarafdorlari fikricha
institutlar davlat tashqi siyosatining vositasigina emas, ular tashqi muhitda alohida
actor vazifasini bajara oladi, davlatning ichki tuzumi yoki xalqaro munosabatlar
tizimini qayta qurishga qodir [9].
XULOSA Demak, siyosiy institutsional mexanizmlar tizimi, ularning maqsad va vazifalari,
kompetensiyalari aniq bo’lsa davlat tashqi siyosati bundan pozitiv impuls beradi.
Zero, byurokratik apparat rivojlanishi qaror qabul qilishning haddan ortiq
personalizatsiyasiga qarshi turadi. Institutsionalizm konsepsiyasi uchun ijtimoiy-
siyosiy institutlar nafaqat tashqi siyosatni olib borivchi organlar (masalan TIV), balki
tashqi siyosatdagi davlat hatti-harakatlariga impuls beruvchi hamda tashqi muhit va
tashqi siyosat o’rtasida ko’prik vazifasini bajaruvchi “o’zgaruvchilar”dir.
Ushbu nazariyaga ko’ra, davlat tashqi siyosati institutlari ichki va tashqi ya’ni
xalqaro muhitda quyidagi vazifalarni bajaradi:
- huquq tashuvchisi (misol uchun, prezidentlik/deputatlik instituti-huquq
tashuvchisidir, ushbu lavozimni egallagan shaxsning o’zi emas). U davlatning tashqi
siyosati yoki xalqaro jarayonlarga legitimlik, nisbiy obyektivlik xususiyatlarini beradi;