Davlat tashqi siyosati tahlilining nazariy asoslari: institutsionalizm konsepsiyasi



Yüklə 67,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü67,19 Kb.
#203416
növüСтатья
1   2   3   4   5   6
davlat-tashqi-siyosati-tahlilining-nazariy-asoslari-institutsionalizm-konsepsiyasi (1)

 
 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
306 
w
www.oriens.uz
June 
2021
 
 
KIRISH 
Jamiyat hayotida har bir soha u yoki bu darajada institutsionallashadi va bu 
jarayon doimiy bo’lib, yakuniy bosqichga ega emas: har bir ijtimoiy institut vaqt 
o’tgan sari ichki va tashqi omillar natijasida o’zini takomillashtirib boradi. Tashqi 
aloqalar va tashqi siyosat institutsionallashuvi esa jamiyatni birlashtiruvchi universal 
institutning - davlatning paydo bo’lishi, rivojlanishi, shaklan o’zgarishi, mazkur 
universal institutlar o’rtasidagi aloqalar mohiyati va ko’rinishlari rivojlanishi, xalqaro 
munosabatlarda sodir bo’lgan tizimli o’zgarishlar ta’siri ostida kechdi. Shuningdek, 
bu jarayon davlatning mavjud obyektiv milliy manfaatlari hamda davlat ichki 
siyosatidagi tranformatsiyalar va voqelikni o’zida aks ettiradi.
“Institut” tushunchasi (lat. - “institutum”) - birlashtirish, o`rnatish, institut va 
ijtimoiy tuzilishning muhim elementi sifatida qaraladi, ular o`zaro munosabatlari 
jarayonida odamlar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solish orqali ijtimoiy hayotni 
tashkil etish va tartibga solishning tarixiy shakli hisoblanadi [1].
Tarixiy davrlar o’zaro o’rin almashgan sari, tashqi siyosat, tashqi aloqalar va 
diplomatiya, hamda xalqaro munosabatlarning tizimli, barqaror institutsionallashuvi 
va xalqaro huquq kodifikatsiyasi natijasida davlatlararo hamkorlikning institutsional 
shakllari mazmun mohiyati va muddati ham ijobiy o’zgara bordi: agarda milodiy XIX 
asr birinchi choragiga qadar, davlatlar o’rtasidagi sherikchilik munosabatlari harbiy-
siyosiy hamkorlik shakllariga tayangan bo’lsa, XIX asrdan boshlab madaniy, 
iqtisodiy sohalardagi davlatlararo hamkorlik nstitutsionallashdi. Bundan tashqari
qisqa muddatli hamkorlik o’rnini uzoq muddatli yoki doimiy hamkorlik 
munosabatlari egalladi.
Shuningdek. XX asrda 20 yillarida, sezilarli harbiy-siyosiy, iqtisodiy 
o’zgarishlarni va no’malum va beqaror istiqbol ehtimoli siyosiy fanlar nazariyalarida 
ham ko’plab transformatsiyalarga sabab bo’ldi- ijtimoiy va iqtisodiy nazariyalar 
uyg’unligi natijasida yangi ham ichki jamiyat hayotidagi voqelikni ham xalqaro 
siyosat hamda moliyaviy-iqtisodiy tendensiyalarni tushuntirib berishga intiluvchi, 
mavjud muammolarga yagona va tezkor yechim topa oluvchi maxsus ammo shu bilan 
birga universal gibrid nazariyalar yuzaga keldi. Ulardan biri institutsionalizm 
nazariyasidir.
METODLARI 
Maqolada quyidagi metodlardan foydalanildi: tarixiy qiyoslash, qiyosiy 
tahlilning oʼrganilish metodi, kontent analiz. Shuningdek, mazkur tahliliy ishda 
muammoni kompleks tahlil qilish, tizimli ketma-ketlik yondashuvi kabi metodlar 
ham keng qoʼllanilgan. 



Yüklə 67,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin