Davlat tili haqida



Yüklə 114,66 Kb.
səhifə1/18
tarix24.12.2023
ölçüsü114,66 Kb.
#190955
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
ona TILI 60-LIST


  1. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “DAVLAT TILI HAQIDA”GI QONUNLARI HAMDA “KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI” KABI DAVLAT HUJJATLARIDA O’ZBEK TILINI DAVLAT TILI SIFATIDA O’QITISH MASALASI BO’YICHA MA’LUMOT TO’PLASH.

Reja:
1. O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlar haqida
2. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” haqida.
3. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun haqida
1. Davlat tili – har qanday davlatning tarixiy taraqqiyoti negizida vujudga kelgan, o’zini anglash, milliy ong va tafakkurning in’ikosi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy – ma’naviy bog’liqlik vositasi, mamlakatda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar yakdilligini ifoda etadigan, davlat doirasida va davlatlararo munosabatlarda o’zaro muloqot vositasi hisoblangan, qonuniy maqomga ega bo’lgan hamda qonun bilan himoyalangan rasmiy til.
Davlat tili odatda uch yo’l bilan belgilanadi:
1. Tarixiy an’ana asosida muayyan davlat hududida istiqomat qiluvchi barcha xalqlar mavjud tillaridan birini umum til deb tan oladi.U, ko’pincha, shu davlatdagi eng ko’psonli millatning tili bo’ladi.
2. Hukumat,president, parlament yoki rahbar organlar tomonidan xalqaro yoki jahon tillaridan biri davlatning rasmiy tili deb e’lon qilinadi.Davlat organlari,hukumat idoralari va rasmiy tashkilotlarda yozishmalar faqat shu tilda qabul qilinadi yoki jo’natiladi, shuningdek, barcha muzokara, muhokama, majlis, sessiya, konferensiya, congress va shu kabi yig’inlar ana shu rasmiy tilda o’tkaziladi.
3. Davlatning qonun chiqaruvchi organi yoki mamlakat prezidenti tomonidan jamiyat hayotining barcha sohalarida qollanilishi shart deb e’lon qilingan til. Angliya , Kanada, Yaponiya, Xitoy,AQSh, Shetsiya, Norvegiya davlatlarida hech qaysi til davlat tili deb e’lon qilinmagan bo’lsada, lekin ularda azaldan mamlakat aholisining ko’p qismini tashkil qilgan xalqning tili davlat tili, rasmiy til sifatida tan olingan.Gvineya,Gana, Kongo kabi sobiq mustamlaka davlatlarida rasmiy til sifatida sobiq mustamlakachilar tili, masalan, ingliz yoki fransuz tili qabul qilingan.
Har qanday mamlakatda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham o’zbek tiliga davlat maqomi berilishi jarayoni oson kechmagan. Prezidentimizning qat’iyati va oqilona sa’y-harakatlari tufayli 1989 yil 21 oktabrda mamlakatimizda o’zbek tili Davlat Tili deb e’lon qilindi.
Shu tariqa ,xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lmish ona tilimiz o’zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo’ldi. Konstitutsiyamizda Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo’yilgan.Shu
tariqa o’zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog’I, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo’li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biriga aylandi.
“O’zbеk tili” fanini o’qitish O’zbеkistonda istiqomat qiladigan boshqa millat vakillarining davlat tilini puxta egallashiga, milliy, madaniy qadriyatlarni o’rganishiga va ularga hurmat bilan munosabatda bo’lishiga, barcha sohalarda erkin fikr almashishiga hamda mutaxassislik doirasida muloqot yuritishiga zamin yaratadi.
Shu kunga qadar ona tilimizning yanada sayqallanishi, badiiyligi, tarixiyligi va dunyo miqyosida ahamiyati hamda nufuzini oshirishga qaratilgan qator madaniy, ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy ijod, izlanishlar, ilmiy tadqiqotlar olib borildi va jarayon davom etmoqda. Pirovard natijada, bugungi kunda jahondagi ko‘plab mamlakatlar xalqlari davlatimiz ramzlari — O‘zbеkiston Rеspublikasi bayrog‘i, gеrbi, davlat madhiyasi qatorida o‘zbеk tiliga ham hurmat bilan qarab, nafis va boy til sifatida yuksak baho bеrib kеlmoqdalar.
2. Ma’lumki, Konstitutsiyaning 2 bo’lim, 9 bob 41 va 42 moddalari ta’lim va ijod erkinligiga bag’ishlangan Unda shunday satrlar yozilgan “Har kim bilim olish huquqiga ega” (41-modda), “Har kimning ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafotlanadi” (42-modda).
Otgan qisqa davrda bu sohada nima ishlar qilindi? Avvalo, ta’lim-tarbiya tizimi tubdan qayta ko’rildi.
Konstitutsiyaning yuqoridagi ikkita moddasi bergan kafolat asosida O’zbekiston Respublakasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni (1992 va 1997 y.) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi.
Bu ikki qonunda jami 64 modda va band bo’lib, u Konstitutsiya boshqa barcha qonunlar uchun “Ona qonun” ekanligining isbotidir. Xo’sh, bu qonunlarda nimalar o’z aksini topdi, ular hayotga qanday joriy etildi?
3. O’zbekiston Respublakasining 1992-yilda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi qonuniga asosan mamlakatimiz ta’lim – tarbiya tizimida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:
-ta’lim tarbiya tizimi doimiy siyosiy ta’sir;
-partiyaviylikdan;
-sinfiylikdan;
-kundalik mafkuraviy va g’oyaviy tazyiqdan xalos bo’ldi;
-eng muhimi, ta’lim-tarbiya tizimiga malliy ruh bag’ishlandi;
-sobiq, soxta ittifoqning o’ta mafkuraviylashtirilgan,
milliy qadriyat va ma’naviyatimizdan uzoq bo’lgan ta’lim-tarbiya tizimidan mutlaqo voz kechildi.
Iqtidorli yoshlarni xorijiy mamlakatlarning nufuzli institut va universitetlariga o’qishga yuborish, shuningdek, malaka oshirish, tajriba almashish, ilmiy sohada
hamkorlik qilish yo’lga qo’yildi.
Ta’lim-tarbiya tizimida jiddiy islohatlar amalga oshirildi. O’quv dasturlari, darslik va qo’llanmalar tubdan yangilandi. O’rta, maxsus va oily ta’lim moddiy- texnika bazasi mustahkamlandi, tizimga kompyuter texnikasi, test usulida o’qitish kabi yangiliklar joriy etildi.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar menejment, marketing, axborot texnologiyalari mutaxassisliklari, qator yangi fakultetlar, jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, aviatsiya instituti, ichki ishlar, qurolli kuchlar va bank-moliya akademiyalari shular jumlasidandir.

2001 - yil 25 - yanvar kuni yoshlar masalalari bo’yicha yig’ilishda O’zbekiston Prezidentining kiritgan takliflariga asosan “Kamolot” yoshlar jamg’armasi asosida tashkil etildi. Harakatning ta’sis qurultoyi 25 - aprel kuni bo’lib o’tdi.


“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy vazifalari:
-mamlakatimizda erkin demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishga ko’maklashish maqsadida muntazam ravishda yoshlarning xuquqiy bilimini oshirib borish;
-barkamol avlod tarbiyalash sohasidagi dasturiy vazifalarni amalga oshirishga yoshlarni jalb etish, bu borada turli davlat va jamiyat birlashmalari bilan hamkorlik qilish;
-yoshlarning kuch-g’ayratini, intellectual salohiyati, kasb malakasini Vatan ravnaqi uchun yo’naltirish;
-xalqaro yoshlar tashkilotlari bilan o’zaro foydali aloqalarni yo’lga qo’yish;
-yoshlar va o’smirlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib etish, jinoyatchilik, diniy ekstremizm, giyohvandlik, loqaydlik kabi turli illatlarga qarshi kurashda Harakatning ta’sirchan kuchga aylanishiga erishish;
-millatlararo totuvlik va do’stlikni yanada mustahkamlashga hissa qo’shish;
-yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o’rgatish, boqimandalik kayfiyatidan xalos qilish, tadbirkorlik qobiliyatini yuzaga chiqarish, ularda bozor iqtisodiyoti ko’nikmalarini yuzaga chiqarish, mulkka egalik tuyg’usini shakllantirish;
yoshlarni ish bilan ta’minlashda imkoniyatlar yaratish, shu yo’l bilan yangica fikrlaydigan mulkdorlarni shakllantirish va ularni “Kamolot” tayanadigan ijtimoiy kuch bo’lishiga erishish.


O’zbеkistonda 1989-yil 21-oktabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kеlgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvеrеnitеti va mustaqilligi sari qo’yilgan dastlabki dadil qadam bo’ldi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan o’zbеk tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo’ldi.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora –tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi bo`yicha tilshunos va adabiyotshunos olimlarning fikr va mulohazalari bayonetilgan maqolalari bilan tanishish.

Yüklə 114,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin