'Davlat tili'' haqidagi qonunining hayotiy ahamiyati
Oʻzbekistonda shoʻrolar hukmronligi paytida D.t. haqida umuman gapirish ham mumkin boʻlmagan, aksincha oʻzbek tilining ijtimoiy hayotda qoʻllanilishi tobora cheklanib qolgandi. Jamiyatni qayta qurish maʼnaviy poklanishni boshlab berdi. Uning natijasi oʻlaroq "Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida"gi qonun qabul qilindi (1989-yil 21 okt.). Bu qonun oʻzbek xalqi milliy ongining rivojlanishida, mamlakat mustaqilligi mustahkamlanishida, madaniy merosning tiklanishida muhim rol oʻynadi. Mazkur qonun qoidalari Oʻzbekiston Konstitutsiyasida mustahkamlab qoʻyildi. Konstitutsiyaning 4-moddasiga binoan Oʻzbekistonda D.t.— oʻzbek tilidir. Qoraqalpogʻistonda bunday maqom qoraqalpoq tiliga ham berilgan. Mamlakatda yuz berayotgan real jarayonlar va imkoniyatlarni hisobga olib, lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini uzil-kesil joriy etishni bosqichma bosqich amalga oshirib borish vazifasi til islohoti bilan bogʻliq masalalarga zarur tuzatishlar kiritish ehtiyojini tugʻdirdi, respublika hali sobiq Ittifoq tarkibida boʻlgan va madaniy-maʼnaviy sohada oʻziga xoslikni mustahkamlashga intilgan bir sharoitda qabul qilingan D.t. haqidagi qonunning koʻpgina moddalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritishni taqozo etdi. Natijada 1995-yil 22 dek.da Oʻzbekiston Respublikasining D.t. haqidagi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Oʻzbek tilining Oʻzbekiston Respublikasi hududida D.t. sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu qonun va b. qonunlar bilan belgilanadi. Oʻzbekiston Respublikasida D.t.ni oʻrganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit yaratiladi hamda millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularning rivojlanishi taʼminlanadi. D.t.ni oʻqitish bepul amalga oshiriladi (4-modda). D.t.ga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning oʻzaro muomala, tarbiya va taʼlim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar (24-modda). Mamlakatda demokratik, baynalmilal tamoyillarga rioya qilinib, har bir millat va elatning erkin rivojlanishi, ularning til mustaqilligi va tengligi taʼminlangan. Taʼlimtarbiya ishlari oʻzbek tilidan tashqari tojik, rus, qozoq, koreys, turkman, qirgʻiz tillarida ham amalga oshiriladi. Milliy markazlarning faoliyati uchun yetarli imkoniyat yaratilgan. Shaxsga millati, irqi, tili, urf-odat va anʼanalariga qarab biror imtiyoz berish yoki shu vajdan huquqlarini cheklash javobgarlikka sabab boʻladi. Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzlik va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida gʻoyat muhim oʻrin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir.
2019-yil 21-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganiga oʻttiz yil toʻladi. Mazkur tarixiy hujjatga binoan oʻtgan yillar davomida ona tilimiz mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega boʻldi. Hozirgi kunda oʻzbek tili hayotimizning barcha jabhalarida – davlat va jamiyat boshqaruvi, davlatlararo munosabatlar, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, tibbiyot, madaniyat va sanʼat sohalarida faol qoʻllanilmoqda, xalqaro minbarlardan baralla yangramoqda.
Oʻzbekiston taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi – milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, ona tilimizning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soʻnggi yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilgani ona tilimizning tarixiy ildizlarini chuqur oʻrganish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qoʻllanish doirasini kengaytirish, filolog kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarni yangi pogʻonaga koʻtardi.
Hududlarda atoqli alloma va adiblarimiz nomlari bilan atalgan ijod maktablarining barpo etilishi bu yoʻldagi yana bir muhim qadam boʻldi.
Vatanimiz mustaqilligining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda oʻzbek tilining ahamiyati tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligini munosib nishonlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va jamoatchilik vakillarining joriy yilning oktyabr oyida Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligini mamlakatimizda keng nishonlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi 1-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining oʻttiz yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan ommaviy maʼnaviy-maʼrifiy chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Har bir sohaning rivojlanishi va taraqqiy etishida ma’lum bir vaqt talab etiladi. O’zbek tiliga O’zbekiston Respublikasi davlat tili maqomi berilganiga ham 30 yildan oshdi. 1989 yil 21 oktyabr «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilinib, o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi.
Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo’lgan ona tilimiz o’zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi.
Bu vaqt oralig’ida ona tili mavqeining yanada mustahkamlanib, rivojlanishi uchun qator Qonun va qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida’gi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo’linmasi hisoblangan Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil qilindi.
Bundan ko’zlangan maqsad Davlat tilini rivojlantirish, davlat tilining amal qilishi bilan bog’liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish bo’yicha takliflar tayyorlash, o’zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqishdan iborat.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-fevralda “Rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash va ularga davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori tasdiqlandi.
Qaror bilan 2021-yil 1-apreldan boshlab o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimi asosida rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish hamda masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tizimi joriy etildi. Bu test tizimi davlat tilida ish yuritish sohasining yuksak rivojiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Test sinovidan o‘tish talablariga kelsak, rahbar kadrlar va masʼul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun test sinovidan o‘tish talablari bir xil.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida test sinovida yetarli ball to‘play olmagan talabgor lavozimdan ozod etilishi yoki u qayta imtihon topshirgunga qadar uning ish o‘rni vakant bo‘lib turishi to‘g‘risida alohida talab belgilanmagan.
Biroq, talabgorlar test sinovidan o‘ta olmasa, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida davlat tili bo‘yicha malaka oshiradilar va qayta test sinovlarida ishtirok etadilar.
Maqsad esa ayon – o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini yuksaltirishda yuqori natijalarga erishish. O‘zbek tilini siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy va boshqa sohalarda qo‘llash doirasi kengayib, undan davlat tili sifatida to‘liq va to‘g‘ri foydalanish taʼminlanadi. Bundan tashqari, davlat organlari va tashkilotlari rahbar xodimlariga davlat tilini talab darajasida bilish va unga hurmat bilan munosabatda bo‘lish majburiyati yuklanadi, barcha davlat organlari va tashkilotlarida davlat tilida ish yuritish salohiyatiga ega bo‘lgan malakali kadrlar faoliyat ko‘rsata boshlaydi.
Hujjatlar va ularning turlari. Ijtimoiy munosabatlar doirasida odamlar, idoralar va tashkilotlar, korxonalar va muassasalar o‘rtasida o‘zaro ish yuritishning ma'lum huquqiy asoslari mavjud bo‘lib, ular tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tarzida amalga oshiriladi. Hujjatlarning mukammallik darajasi ular bilan ish ko‘radigan kishilarning savodxonlik darajasi, davlatchilik tarixi va davlat ishlarini yuritishdagi mavjud an'analar, ma'lum darajada kishilar o‘rtasida shakllangan nutqiy madaniyat, ayni paytda, bu hujjatlarga bo‘ladigan zaruriyat bilan bog‘liq bo‘ladi. Hujjatlarni yuritish asosan davlat ishlarini huquqiy asoslarga qo‘yish tarzida amalga oshiriladi. Demak, u davlat yoki davlatlarar bo‘ladigan ma'lum talablar darajasida amalga oshiriladi va dunyoviy an'analarni ham o‘zlashtiradi. Hujjatlarning mukammalligi davlat ishlarini yuritish takomilidan dalolat beradi. Davlat tizimining barcha bo‘g‘inlarini hujjatlarsiz mutlaq tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki uning faoliyati aynan ana shu hujjatlar yordamida tartibga solib turiladi va harakatga keltiriladi. Shuning uchun ham vaqt-vaqti bilan ish yuritishni takomillashtirishga qaratilgan hukumat qarorlari qabul qilinib boriladi. Masalan, shunday qaror O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy qo‘mitasi tomonidan 1924-yilning 31-dekabrida qabul qilingan bo‘lib (¹ 48), “Ishlarni o‘zbek tilida yurgizish ham O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy komiteti huzurida markaziy yerlashdirish hay'ati va mahallalarda muzofot yerlashdirish hay'atlari tuzilish(i) to‘g‘risida” deb nomlangan. Yurtimizning mustaqilligi arafasida (1989-yil 21-oktabr) “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi bu masalani ham huquqiy asosga qo‘ydi. Yangi tahrirdagi Qonunning 9-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ishning davlat tilida yuritilishi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi alohida ta'kidlab o‘tildi. Mustaqillikdan keyin esa ish yuritishni takomillashtirish, uni milliy asosga qo‘yish masalasiga yana ham jiddiy e'tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 18-avgustdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi viloyat, shahar va tumanlar hokimlari apparatlarida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-son qaroriga ilova qilingan “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalarida va boshqa markaziy muassasalarida, apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma” lar fikrimizning dalilidir. N.Mahmudov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N. Aminovlarning “O‘zbek tilida ish yuritish (munshaot)”, yana shu mualliflarning “Ish yuritish” amaliy qo‘llanmalari esa o‘zbeek tilida ish yuritishning me'yoriy asoslarini belgilab berishda g‘oyatda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunki mualliflarning ish yuritish borasida bergan yo‘l-yo‘riqlari xodimlarning faoliyatida metodik yordam beradi, hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalarini o‘rgatadi, ish qog‘ozlarining hamma joyda bir xil bo‘lishini ta'minlaydi.
Ammo shunday qo‘llanmaning mavjudligiga qaramasdan undan foydalanish talab darajasida deb bo‘lmaydi. Chunki 2000-yilda 10000 nusxada chop etilgan bu kitob bilan hamma o‘quv yurtlari ham yetarli darajada ta'minlangan emas. Vaholanki, bu kabi qo‘llanmalar bilan har bir kollej va litsey talab darajasida ta'minlanishi va har bir talabaning qo‘lida bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ma'lum ma'noda mazkur qo‘llanmalar o‘rta maxsus o‘quv yurtlari doirasida ushbu vazifani bajarishi mumkin. Shunday qilib, ish yuritishning tarkibiy qismi bo‘lgan hujjatlarni ikki qismga bo‘lib o‘rganish to‘g‘ri bo‘ladi:
1. Rasmiy hujjatlar. 2. Shaxsiy hujjatlar.
Rasmiy hujjatlar xizmat hujjatlari deb ham yuritilib, ular doirasida idoralar va mahkamalar, korxonalar va tashkilotlar hamda muassasalar o‘rtasida olib boriladigan yozishmalar tushuniladi. “Ish yuritish” qo‘llanmasining mualliflari bu hujjatlarning tasnifi haqida quyidagilarni yozishadi: “Ma'muriy boshqaruv faoliyatida xizmat mavqyeiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanishi mumkin: tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma'lumot-axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari” (20-bet).
Alohida shaxs, jamoa tashkilotlari o‘rtasidagi aloqaning huquqiy jihatlarini qamrab oluvchi tashkiliy hujjatlarga guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnoma singari hujjatlar; tashkilot yoki muassasa rahbarining ish faoliyati doirasida amal qiladigan farmoyish hujjatlariga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabi hujjatlar; ma'lumot-axborot hujjatlariga ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma'-lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e'lon, hisobot tarzidagi hujjatlar; alohida shaxs yoki tashkilotning faoliyatini qamrab oladigan xizmat yozishmalariga taklifnoma, telegramma, telefonogramma, modemogramma va turli mazmundagi xatlar kiradi.
Ma'lum bo‘lyaptiki, ma'muriy-boshqaruv faoliyati doirasida amal qiladigan bu hujjatlarning aksariyat qismi rasmiy mazmunga ega. Demak, kim tomonidan yozilganlik, ya'ni tegishlilik nuqtayi nazaridangina ariza, vasiyatnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, tilxat, ishonchnoma singarilarni shaxsiy hujjatlar deyishimiz mumkin. Aslida ular ham rasmiy mazmunga ega. Hujjat deyildimi, uni rasmiy tushunish va qabul qilish to‘g‘ri bo‘ladi.
Quyida litsey va kollej bitiruvchilari ish faoliyati doirasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan eng zarur hujjatlarning rasmiylashtirilish tartibi to‘g‘risida ma'lumot beramiz va bunda yuqorida nomi tilga olingan “Ish yuritish” qo‘llanmasidagi ko‘rsatmalarga tayanamiz.
Hujjatlarning maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Ish yuritishda hujjatlar tuzilishiga ko‘ra ichki vatashqi hujjatlar sifatida farqlanadi. Agar hujjat muayyan muassasaning o‘zida tuzilib, undan shu muassasaning o‘zida foydalanilsa, ichki hujjat hisoblanadi. Ayni muassasaga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladigan hujjatlar esa tashqi hujjatlarsanaladi. Tegishlilik jihatiga qarab xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlar ajratiladi. Biron muassasa yoki mansabdor shaxs tomonidan tayyorlanadigan hujjatlar xizmat hujjatlari (buyruq, ko‘rsatma, bayonnoma kabi)ga kiradi. Shaxsiy hujjatlar alohida shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi (shaxsiy ariza, shikoyat, tavsiyanoma kabi). Bundan tashqari hujjatshunoslikda hujjatlar quyidagi jihatlarga ko‘ra ham tasnif qilinadi. Mazmuniga ko‘ra:
- sodda hujjatlar – bir masalani o‘z ichiga oladi;
- murakkab hujjatlar – ikki va undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi.
Mazmun bayonining shakliga ko‘ra:
- xususiy (individual) hujjatlar – matn o‘ziga ko‘ra xos, betakror, erkin bayon;
- namunali (tipovoy) hujjatlar – bir–biriga o‘xshash va takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o‘z ichiga oladi;
- qolipli (trafaretli) hujjatlar – oldindan tayyorlangan bosma ish qog‘ozlariga yoziladi.
Rasmiy-idoraviy hujjatlarni tayyorlashda uning zaruriy qismlari joylashishiga, matn mazmuni tarkibiy qismlarining ketma-ketligiga, tinish belgilariningto‘g‘ri qo‘yilishiga alohida e’tibor berish lozim.
Shu maqsadda quyidagilarga doimo amal qilishni unutmang: — bosma harflarda yoziladigan hujjat nomida barcha harflar katta harflar bilan yozilishi kerak. Masalan: Tavsiyanoma emas, TAVSIYANOMA kabi; — hujjat yuboriladigan muassasaning nomi qisqartirilmasdan to’liq, bosh harflar bilan yozilish qoidalariga amal qilgan holda yoziladi;
— hujjat matnining asosiy qismlari xatboshi bilan yozilishi lozim. Qo‘shimcha qismlar asosiy fikrga bog‘langan tarzda undan so‘ng beriladi;— shaxsiy hujjatlarda izohlanayotgan «Men» so‘zidan va izoh so‘z birikmasidan so‘ng vergul qo‘yiladi. Masalan: Men, Mahmud Qodirov, ...
Hujjat tayyorlash va ish yuritishda imlo me’yorlariga va tinish belgilarining to‘g‘ri qo‘yilishiga qat’iy amai qilish lozim. Hujjat matnida vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, qavs, tire nisbatan faol ishlatiladi.
Unutmangki, hujjat nomi va matn sarlavhasidan keyin nuqta qo‘yilmaydi.
Vergul hujjat matnida qoliplangan kirish birikmalaridan so‘ng, uyushiq va ajratilgan bo‘laklar, orasida, izohlovchi bilan izohlanmish o‘rtasida qo‘llanadi.
Masalan: «Shuni hisobga olib, ...», «Men, 2-kurs talabasi Umida Ikrom qizi, ...», kabi. Nuqtali vergul izohlanayotgan voqea-hodisa, narsalarning tartib raqami qavs bilan ajratilgan so‘z, birikma va gaplardan so‘ng qismlari mazmunan farqlanuvchi qo‘shma gaplar tarkibida ishlatiladi. Masalan: Talabaning majburiyatlari: 1) o‘quv yurti Nizomiga amal qilish; 2) dars va boshqa o‘quv mashg‘ulotlarida faol qatnashish va boshqalar. Ikki nuqtahujjatlar matnida quyidagi holatlarda qo‘yiladi: — matn tarkibida izohlanayotgan, sanalayotgan bo‘laklardan oldingi umumlashtiruvchi «quyidagilar», «shu haqda»kabi so‘zlaridan oldin; — farmoyish hujjatlarida «Buyuraman» so‘zidan, bayonnomaning «Kun tartibi», «Eshitildi», «So‘zga chiqdilar», «Qaror qilindi» kabi zaruriy qismlaridan so‘ng; — matnning «Asos», «Ilova»kabi qismlaridan keyin. Qavs hujjat matnining biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh berish zarurati bo‘lganda qo‘llanadi. Bunda izohlovchi so‘z, manzil nomi, mablag‘ yoki miqdoriy ko‘rsatkichni ifodalovchi raqam qavs ichida berilishi lozim. Masalan: 8500 (sakkiz ming besh yuz) so‘mlik. Tire quyidagi holatlarda qo‘yiladi: — izohlanmish bilan izohlovchi o‘rtasida. Masalan: Javobgar – marhumning tug‘ishgan singlisi. — ajratilgan gap bo‘laklari o‘rtasida. Masalan: Onasinikiga – Buxoro shahar,
Yangiyer ko‘chasidagi 50-uyda yashovchi Muyassar Qayumovanikiga ko‘chib ketgan.
Ariza
Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozdir. Maktab o‘quvchisi va talaba ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs — jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan holi emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo'llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma — xildir.
Hajm, uslub va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga ega.
Shuni eslatib o'tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida ma’lumot zarur bo‘lmaydi.
Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim (qism, bo‘lim va hokazo) va lavozimini ko'rsatsa kifoya. Shuningaek, ko'pchilik arizalar uchun ilovalarning hujjati bo‘lmaydi.
Ariza bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi, yoki keng jamoatchilikni o'ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtayi nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar qilinadigan turlari ham uchraydi. Arizalar aksar hollarda shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan birga, xizmat arizalari ham bo‘ladi. Xizmat arizasi—fuqarolar yoki tashkilotlarning o‘z huquqlarini amalga oshirish yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlar hisoblanadi. Da’vo arizalari ana shunday arizalardandir. Iltimos va shikoyat mazmunidagi arizalar taklif mazmunini aks ettirgan arizalarga hamda da’vo arizalariga nisbatan ko‘p qo'llaniladi
Arizalarning navbatdagi keng tarqalgan turi o'quv yurtlariga kirish yoki muayyan jamoat tashkilotlariga a’zo bo'lish haqidadir.
Ish jarayonida ham xodimiar o'zlari ishlab turgan muassasasnning rahbariyatiga turli mavzularda arizalar yozadilar. Ular ish sharoitini yaxshilash, boshqa ishga o'tkazish, nafaqa belgilash, qo'shimcha ta’til berish, moddiy yordam ko‘rsatish, yashash sharoitini yaxshilash haqida iltimos mazmunida yoki ish sharoitini yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish haqida taklif mazmunida yozilishi mumkin.
Mehnatkashlar va boshqa toifadagi aholi ish joyidan tashqari ko'plab rasmiy va jamoat tashkilotilariga turli mavzudagi arizalar bilan murojaat etadilar. Bu arizalar vositasida fuqarolar davlat idoralari yoki jamoat tashkilotlari orqali o‘zlariga ega bo‘lgan muayyan haq-huquqlarini amalga oshiradilar, shu bilan birga shikoyat mazmunidagi arizalar fuqarolarning haq-huquqlarini, qonun yoli bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish yoki cheklashlarni bartaraf qilish haqida murojaatlar o‘z aksini topadi. Arizalar mahalliy (viloyat, tuman, shahar, qishloq) kengashlarning boshliqlariga, ijtimoiy ta’minot idoralariga, sud va prokuratura idoralariga, notarial idoralarga, fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish va arxiv bo‘limlariga, qurilish boshqarmalariga va boshqa idoralarga yozilishi mumkin.
Da’vo arizasining matni (mazmuni) matinda nizoning mohiyati, da’voga ming nizoni ko'ngilli ravishda hal qilish yo'lidagi chora-tadbirlari va uning natijalari, da’vogarning javobgarga qo‘ygan talablari, talablaming haqqoniyligiga dalillar aniq va yaqqol bayon qilinadi.
Ilovalar (da’vogarning talablarini asoslovchi barcha hujjatlar sanaladi).
Da'vo arizalari fuqarolar tomonidan ham yoziladi. Bunday arizalar ko'pincha sud idoralariga yoziladi va xizmat arizalaridan faqat to'rtburchak muhrning bo'lmasligi bilan farqlanadi. Fuqarolarning da’vo arizalari aliment undirish, mol-mulkni bolish, bolani qaytarib olish, qo'shimcha ishlaganlik uchun haq undirish, turar joydan ko‘chirish, qarzni undirish kabi mazmunda bo‘lishi mumkin.
Hisob-kitob arizasi bajarilgan ishlarga haq to‘lash haqidagi yozma yoki og‘zaki mehnat shartnomalari asosida muayyan ishlarni bajargan ayrim ishchi (xizmatchi) lar tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Hisob-kitob arizalari ham erkin usulda yoziladi.