Buyruq
di. Shu so‘zdan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib,
yangi satrdan far-
moyishlar beriladi. Zaruriyatga qarab farmoyishlar bandlarga
bo‘linib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi. Raqamdan so‘ng
nuqta qo'yilib, so‘z bosh harfdan boshlanadi. Farmoyishlarda,
odatda, kim qanday vazifani qaysi muddatda bajarishi ko‘rsa-
tiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi («Amalga
oshirilsin», «Ta’minlansin», «Yuklatilsin», «Hisoblansin» va
h.k.). Bajamvchilar - muassasa yoki uning tarkibiy qismlari
(bo‘limlari), mansabdor shaxslar (lavozimlari ko‘rsatilgan
holda) ko‘pincha jo ‘nalish kelishigida qayd qilinadi.
Buyruqda ishning bajarilish
muddati umumiy tarzda yoki
har bir farmoyishda aniq ko‘rsatilishi mumkin. Buyruq imzo
chekilgandan so‘ng kuchga kiradi. Lekin ayrim bandlarga oid
farmoyishda kuchga kirish muddati aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi
mumkin.
Buyruqning farmoyish qismi oxirida buyruqni nazorat qi
lish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo‘yiladi: «Buyruq
ijrosini nazorat qilish (lavozimi va familiyasi to ‘liq yoziladi)
zimmasiga yuklatilsin».
B a’zi buyruqlarda shu buyruq
munosabati bilan ilgarigi
joriy yoki boshqa xil hujjat bekor qilinganligi ham k o ‘rsa-
tib o ‘tiladi. Asosiy faoliyatga oid buyruq shakli namunasi
1-, 2-ilovalarda berildi.
Dostları ilə paylaş: