1 1 о v a 1 a r:
1. Ma’ruzalar turkumi dasturi - 2 varaq, 1 nusxa.
2. Tinglovchilar ro‘yxati - 2 varaq, 1 nusxa.
3. Institut rahbariyati telefonlarining raqamlari - 1 varaq,
1 nusxa.
142
Buyruq
II. FARM O YISH HUJJATLARI
Bu turdagi hujjatlar, asosan, tashkilot rahbari (direktor)
ning buyruq, ko‘rsatma, farmoyishi hamda tashkilot (muassa
sa) qarorlari asosida yuzaga keladi.
BUYRU Q
Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan
asosiy va kundalik vazifalami hal qilish maqsadida qo‘llana-
di. M ohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy
faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Ular ketma-ket
tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muas
sasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘lla-
nadi. Uiarda, odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko‘rsatma
hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bulaming ijrosi yuzasidan
aniq chora-tadbir belgilanadi, m as’ul shaxslar va bajarish
muddati tayinlanadi. Buyruq vositasida rahbarlar tashkilot-
ning ishlab chiqarish, rejalashtirish, hisobot, moliyalashtirish,
kredit ajratish, mahsulotni sotish faoliyati, tashqi iqtisodiy
faoliyat, tashkilot tuzilmasini takomillashtirish hamda ishlami
tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha amaliy ish yuritadi.
Ichki mehnat tartiboti qoidalari, mukofotlash nizomi va
shu kabilami tasdiqlash bilan bog‘liq m e’yoriy buyruqlar
ham asosiy faoliyatga oid buyruqlar sirasiga kiradi. Bunday
buyruqlar umumiy tarzda bo‘lib, muayyan bir shaxsga emas,
balki butun jamoaga qaratiladi.
Buyruqning asosiy zaruriy qismlari:
1. Gerb, muassasaning ramziy belgisi (blanka qismlari).
143
|