Ma ’lumot-axborot hujjatlari
bo‘yicha 2017-yil 23-oktyabrda chiqarilgan 372-buyruq bilan
shtat qisqarishi asosida ishdan bo‘shatildim.
Meni ishdan bo‘shatishda fabrika ma’muriyati,
kasaba
uyushmasi qo‘mitasi mening ishda qolishimga imtiyozli huquq
beruvchi bir qator holatlami hisobga olmagan.
Men Afg‘onistondagi urush nogironiman.
Mening qaramo-
g‘imda bolalikdan nogiron o‘g‘lim, xotinim, 65 yoshli onam bor.
Oilada mendan boshqa ishlovchi yo‘q.
Fabrikadagi salkam besh yillik mehnat faoliyatim davrida
biron marta ham jazo olmaganman.
Shu bilan birga, men ishdan
bo‘shatilgan holda, fabrikada yakka bo‘ydoq,
uzluksiz ish stajiga
ega bo‘lmagan yoshlar duradgor bo‘lib ishlamoqda.
Fabrika ma’muriyati menga biron-bir boshqa ishni taklif
qilishni ham o‘ylab ko‘rmadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 89-, 103-, 111-,
112-moddalariga asosan va 0 ‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat-
protsessual kodeksining 304-307-moddalariga rioya qilgan holda:
1) meni «Naqqosh» xalq hunarmandchiligi fabrikasiga
duradgor sifatida ishga qayta tiklash;
2) javobgardan mening foydamga majburan bekor qolgan davr
uchun o‘rtacha ish haqi undirib berish;
3) ushbu da’vo bo‘yicha sud qarorini
tezlik bilan ijro ettirish
haqida qaror qabul qilishni s o ‘ r a y m a n .
Ilova:
1. 2017-yil 23-oktyabrdagi buyruqning nusxasi.
2. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2017-yil 22-oktyabrdagi
qaroridan ko‘chirma.
3. Oila tarkibi haqida uy-joylardan foydalanish
idorasining ma’lumotnomasi.
4. 0 ‘rtacha ish haqi haqida ma’lumotnoma.
5. Nogironlik haqida tuman ijtimoiy ta’minot bo‘limining
ma’lumotnomasi.
Dostları ilə paylaş: