Ma ’lumot-axborot hujjatlari
2018-yil sentyabr oyida javobgar men bilan turarjoy ijarasi
haqida yozma shartnoma tuzgan bo‘lib, bu shartnomaga muvofiq,
u oilasi bilan uydagi ikkita yashash xonasidan bittasini egallagan
va yil oxirida uni bo‘shatib berish majburiyatini olgan edi.
Men bilan shartnoma tuzar ekan, javobgar shu yil davomida
davlat kvartirasi olishi kerakligini, shunday bo‘lgan taqdirda,
menga qarashli xonani belgilangan muddatdan oldinroq bo‘shatib
berishni ta’kidlagan edi. Garchi shartnoma muddati 2019-yil
15-oktyabrda tugagan bo‘lsa ham, uning va’dalari amalga oshmadi.
Javobgar turaijoyni bo‘shatib berishga rozi bo‘lmayapti.
Aytilganlar asosida va 0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 357-, 382- va 554-moddalariga rioya qilgan holda,
Vohid Aliyevich Turdibekov va uning oila a’zolarini boshqa
turarjoy bennagan holda ko‘chirish haqida qaror chiqarishni
so‘rayman.
Ilova: 1. Turarjoy ijarasi haqida shartnoma.
2. 60000 so‘mlik davlat boji markasi.
(imzo)
I. Rahimjonov
__________________________________ 2019-yil 19-dekabr
63-ilova
Toshkent shahar
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Mirobod tumani sudiga
100198, Toshkent shahri
4-Qo‘yliq dahasi 16-uy
17-xonadonda yashovchi
Ra’no Vohidovna Rahimova
100000, Toshkent shahri
Fitrat ko‘chasi 70-uyda
joylashgan «Chilangar» zavodi
DA’VO ARIZASI
Turmush o‘rtog‘im, Ergash Karimovich Rahimov, Toshkent
shahridagi «Chilangan> zavodida bosh muhandis bo‘lib ishlagan.
2016-yil 14-dekabr kuni xizmat vazifasini bajara turib, baxtsiz
hodisa oqibatida halok bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: