Shuning uchun mualliflar «raport» terminini «bildirish» tanzida ifodalashni maqsadga
muvofiq deb topdilar.
230
Bildirishnoma
asosan talab qilingan, so‘ralgan voqea-hodisalar haqidagina
axborot beriladi, bildirishnomalarda esa voqea-hodisalami
sanash bilan birga, ulami keltirib chiqargan omillar tahlil
qilinadi va tegishli xulosalar qilinib, takliflar aytiladi.
Bildirishnoma tayyorlayotgan shaxsning xulosa va tak-
liflari aniq, ravshan va ishonarli bo‘lmog‘i kerak. Shuning
uchun ham bildirishnomalarda chiqarilgan xulosalami tas
diqlovchi, voqea-hodisalarga, qonunchilik ko‘rsatmalariga,
tegishli hujjatlarning raqam va sanasiga hamda bayon etilgan
masalani bevosita muassasa misolida o ‘rganish yoki sinab
ko‘rish natijasida olingan boshqa dalillarga havolalar qilini-
shi zarur. Bildirishnoma matni, asosan, ikki qismdan iborat.
Birinchi qismda uning yozilishiga sabab bo‘lgan dalillar, vo-
qealar bayon qilinishi, ikkinchi qismida esa xulosalar va aniq
ish-harakatlar haqidagi takliflar aks etmog‘i zarur. Muallif-
ning fikricha, bunday ish-harakatlar bayon qilingan voqealar
munosabati bilan yuqori idora yoki mansabdor shaxs tomoni-
dan bajarilishi kerak.
Agar bildirishnomada bayon qilinayotgan m a’lumotlar
aniq bir sana yoki vaqt oralig‘iga taalluqli bo‘lsa, xuddi m a’-
lumotnomadagidek, ushbu vaqt matndan alohida zaruriy qism
sifatida ajratilib, matn oldidan joylashtiriladi. Masalan «2017-
yil 1-yanvardagi holatga ко‘га» yoki «2018-yilning 1-yanvari-
dan 1-sentyabrigacha bo‘lgan davr uchun». Bu m a’lumotlami
matn sarlavhasiga qo‘shib yuborish ham mumkin. 1-4-ilova-
larda bildirishnoma namunalari, 5-ilovada uning boshqa bir
shakli, 6-7-ilovalarda bildirish namunalari berildi.
231
Ма
’
lumot-axborot hujjatlari
Dostları ilə paylaş: |