Hujjat turlari va xususiyatlari Tezkor aloqalar uchun telefon, telefaks, teleks, veb-sayt,
elektron pochtalardan foydalaniladi.
Bank rekvizitlari, moliyaviy va statistik kodlari faqat pul-
hisob muomalalari masalalari bo‘yicha xatlarda, masalan, ka-
folat xatlarida qo‘yiladi.
(8). «Matn sarlavhasi». Aksariyat hujjatlar uchun uning
mazmunini aks ettiruvchi qisqa va aniq sarlavha bo‘lishi
kerak. Tashkilot nomidan so‘ng katta harflar bilan yoziladi.
Masalan: «QOMUSLAR BOSH TAHRIRIYATI» NOMINI
VA TUZILMASINI QAYTA TASHKIL ETISH HAQIDA».
Hujjatning chap tomonidagi yuqori burchakda (ba’zi hollarda
o ‘rtaga) blanka rekvizitlaridan so‘ng qo‘yiladi.
A 5 (148x210) o ‘lchamidagi hujjatlarda va telegrammalar-
da matnga sarlavha qo‘yilmasligi mumkin.
(9). «Sana». Imzo chekilish sanasi, tasdiqlash sanasi, ro-
zilik sanasi, shuningdek, matn ichidagi sanalar so‘z bilan ifo-
dalangan sana usulida rasmiylashtiriladi. Sanalar arab raqam-
larida alohida satrda ko‘rsatiladi. Masalan: 2018-yil 25-ok-
tyabr; 2019-yil 21-dekabr.
Moliyaviy m a’lumotlardan iborat bo‘lgan hujjatlar mat-
nida sana ko‘rsatilganda ham so‘z bilan ifodalangan sana
qo‘yiladi. Masalan: 2018-yil 25-yanvar; 2019-yil 20-dekabr.
®. «Shartli raqam» («Indeks») qaydlov raqami bo‘lib,
har bir kelayotgan yoki chiqayotgan hujjat rasmiy indekslash
tizimiga muvofiq ro ‘yxatga olinganda qo‘yiladi.
«Keladigan hujjatlarning sanasi va shartli raqami- ga havola». Bu rekvizit faqat yuborilayotgan javob xatlarida
bo‘ladi; «sana» va «shartli raqam»dan pastga qo‘yiladi.
«Tuzilgan yoki nashr qilingan joyb>. Bu zaruriy
qism pochta manzili qo‘yilgan xatdan tashqari har bir hujjatda
b o ‘ladi; «sana» va «shartli raqam»dan pastga joylashtiriladi.
Uni yozishda mamlakatning m a’muriy-hududiy bo^inishi
e ’tiborga olinadi.