Ishonchnoma
ISH O N C H N O M A
Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o ‘z nomidan ish
ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yoz
ma vakolatli hujjat. Ishonchnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra,
mol-mulkni boshqarish, pul va moddiy-buyum boyliklarini
olish, sud hamda notarial idoralarda, shuningdek, boshqa dav
lat va nodavlat idoralarda ish olib borish va boshqa ishlami
amalga oshirishni ifodalaydi.
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Fuqarolik
kodeksining
134-moddasida ishonchnomaga quyidagicha ta’rif berilgan:
«Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxs
(ishonchli vakil)ga uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish
uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi.
Ishonchli vakil o ‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar
doirasida ish olib boradi».
Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat berish kirn
tomonidan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomo-
nidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy
(xizmat) va shaxsiy turlarga bo‘linadi.
R a s m i y ( x i z m a t s o h a s i d a g i ) i s h o n c h n o m a l a r
davlat muassasalari, kasaba uyushmasi, fermer xo‘jaligi, ja-
moat tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan
tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish
uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari to
monidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Ayrim
hollarda ishonchnoma qonun talabiga ko‘ra notarial tasdiqdan
o ‘tishi zarur bo‘ladi.
Mazmun hamda vakolatning ko‘lamiga ko‘ra, ishonch
nomalar bir martalik, maxsus va umumiy turlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: