Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

«shaxsan»
so‘zini yozish tavsiya etiladi, zero, bunday 
yozuvli xatlar oluvchiga, ya’ni o ‘z egasiga ochilmasdan olib 
kiriladi (topshiriladi).
333


Xizmat yozishmalari
Hujjat oluvchi muassasalaming nomlari faqat bosh keli- 
shikda yoziladi. Masalan:
О ‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va
sport vazirligi Milliy terma jam oalarni saralash,
shakllantirish va tayyorlash boshqarmasi
Xatlar y o‘llanayotgan aniq shaxslar e s a jo ‘nalish kelishigi- 
da yoziladi (familiya ko‘rsatilmasligi ham mumkin). Masalan:
«Toshkent truba zavodi» qo ‘shma
korxonasi Reja-iqtisod b o ‘limi boshlig‘iga
Agar oluvchining ismi, otaismi ham aniq bo ‘lsa, familiya 
oldidan ulaming bosh harflari yoziladi. Masalan:
Parkent tumani matlubot jam iyati ulgurji va chakana
savdo ochiq aksiyadorlik jam iyati boshqaruvining raisi
S.M. Sharipovga
Agar xat harbiy unvon, boshqa maxsus unvon (adliya 
maslahatchisi, davlat soliq m aslahatchisi), ilmiy unvon yoki 
darajaga ega bo ‘lgan shaxsga y o ‘llanayotgan b o ‘lsa, shaxs- 
ling tegishli lavozimi, unvon yoki darajasi yoziladi. M a­
salan:
Andijon davlat
universiteti biologiya
fakultetining dekani,
professor I.R. Mutalovga
Bir turdagi tashkilotlar guruhiga yo‘llanayotgan hujjat­
larda oluvchilaming nomi umumlashgan holda ko‘rsatilishi 
mumkin. Masalan:
334


Xizmat yozishmalari
О ‘zbekiston Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar agentligi tizimidagi
nashriyot, matbaa uylari direktorlariga
Hujjat (xat yoki boshqa buyumlar) oluvchilaming poch­
ta manzili, yuqorida ko‘rib o ‘tilganidek, pochta jo ‘natmalari 
manzili kabi yoziladi. Bu yerda shunga e ’tibor qilish kerakki, 
hujjat muassasa yoki uning tarkibiy bo‘linmasiga yo‘llanayot- 
gan bo‘lsa, pochta manzili muassasa nomidan keyin yoziladi; 
agar hujjat xususiy tarzda, aniq bir shaxsga yo‘llanayotgan 
b o ‘lsa, pochta manzili va, umuman, manzil shaxsning nomi­
dan oldin yoziladi. Masalan:

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin