Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə261/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

T ijorat yozish m alari
Bunday yozishmalar tashkilotlaming bitim (shartnoma)lar 
tuzish va ulami bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan tashqi iqtisodiy 
rasmiy faoliyatining turli tomonlarini ifodalab, o‘z yo‘nalishi, 
o‘zining huquqiy va iqtisodiy ahamiyatiga ega.
Xalqaro aloqalarda qabul qilingan tijorat xatlarining 
hozirgi shakli, uning yozilish odobi bundan 150 yil muqad- 
dam Angliyada yuzaga kelgan. 0 ‘zbekiston mustaqillikka 
erishgach, tashqi iqtisodiy aloqalar yo‘lga qo‘yilishi bilan, 
o‘z-o‘zidan xalqaro ish yuritishda udum bo‘lgan hujjatlar, 
jumladan, tijorat yozishmalari ham yo4ga qo‘yildi.
Xizmat xatlarining asosiy turlari - iltimos xat, minnatdor- 
lik xati, axborot xat, kafolat xati, ilova xat, inkor xati, tak­
lif xat kabilar tijorat sohasida ham keng qo‘llanadi. Tijorat 
yozishmalarida shartnomaga o‘xshash hujjatlar - so‘rovnoma, 
taklif xat (oferta), buyurtma xat, aksept (shartnomaga rozilik 
xati), shuningdek, bank hujjatlari - schyot, faktura, avizo ham 
o‘ziga xos ko‘rinishda keng ishlatiladi.
Tijorat xatlarining yozilish uslubi, gap qurilishi, so‘z birik- 
malari ko‘proq diplomatik hujjatlardagiga yaqin turadi. Ular 
mujmal, noaniq fikrdan xoli bo‘lishi, izchil va tugal takliflami 
yoritishi, eng muhimi, iliq, iltifotli, samimiy mhda bayon eti- 
lishi lozim.
Tijorat xati diplomatik xatlarga yaqin lisoniy qoliplarga, 
so‘z birikmalariga ega. Chunonchi, xatning murojaat qismida 
quyidagi e’zoz-hurmat so‘zlari ishlatiladi: 
«Janob...», «Mis-
401


Xizmat yozishmalari
ter...», «Muhtaram...», «Xonim...», «Qadrli...», «Aziz...»
va 
boshqalar.
Xatning xulosa qismi ham iitifotli so‘z va iboralar bilan 
yakunlanadi: 
«Sizga chuqur hurmat bilan...», «Kamoli ehti-
rom ila...», «Eng ezgu tilaklar На...»
va h.k.
Tijorat xatlarining asosiy matnida quyidagi birikmalar 
ko‘p qo‘llanadi: 
«... bayon etilgan
»; «... 
(sana) yozilgan xati-
ngizni olib mamnun bo ‘Idik»; «Bizning taklifimiz haqida Siz
nima deysiz?»; «Siz bitim loyihasiga rozimisiz?»; «... b o 'yicha
Sizning iltimosingizni qo

llab-quvvatlaymiz»; «Ushbu maktub
orqali Sizga minnatdorchilik izhor etmoqchiman»; «Buyurt-
mangizni ко
‘rib chiqishga tayyormiz va Sizlar bilan hamkor­
lik qilishdan mamnunmiz»; «... kabi masalalar bo ‘yicha Sizlar
bilan о ‘zaro foydali iqtisodiy aloqa о ‘rnatmoqchi edik»; «Bu
bizning istagimizga ham muvofiq keladi»; «Sizlarning dast

gohlaringizni olishdan manfaatdormiz, buyurtma berishni
mo

Ijallayapmiz»
va h.k.
Tijorat xatlari vazifasiga koi*a, asosan, 2 turga bo‘lina- 
di: so‘rov - so‘rovga javob; oferta (taklif) - taklifga javob. 
Amaliyotda tijorat xatlarining da’vo (reklamatsiya) - da’voga 
javob shakli ham uchrab turadi.
Tijoriy xatlaming aynan shu turlari tomonlar o‘rtasidagi 
hujjat almashtirish jarayonini belgilaydi.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin