Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

Hujjat turlari va xususiyatlari
M uhr saqlanadigan joy va uni saqlash uchun javobgar 
shaxs tashkilot yoki yuridik shaxs rahbari tomonidan belgila- 
nadi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
@ . «Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd». 
Hujjat­
ning ikkinchi yoki keyingi boshqa nusxalarini tasdiqlash bel- 
gisidir. Odatda, hujjat nusxasi qo‘lda yoki kompyuterda yozi- 
ladi, shuningdek, tezkor matbaa vositalari bilan tayyorlanadi.
Hujjat nusxasining birinchi varag‘iga «nusxa» belgisi qo‘- 
yiladi. Tashkilot faqat o ‘zida tayyorlangan hujjatlardan nusxa 
berishi mumkin (bu qoida arxiv muassasalari va notariusga 
nisbatan qo ‘llanmaydi).
Fuqarolami ishga, o‘qishga qabul qilish, ulaming mehnat, 
turaijoy va boshqa huquqlarini qondirishga taalluqli ishlami hal 
qilishda, shaxsiy hujjat yig‘majildlarini shakllantirishda tash­
kilot boshqa tashkilotlar tomonidan berilgan amaldagi qonun 
hujjatlariga muvofiq masalalami hal qilish uchun zarur hujjat­
lar (ma’lumot to‘g ‘risidagi diplomlar, guvohnomalar) nusxa- 
lari tayyorlanadi. Hujjat nusxasi tashkilot rahbari yoki tarkibiy 
bo‘linma rahbari ruxsati bilan beriladi.
Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd «Imzo» rekviziti- 
ning ostiga qo‘yilib, «To‘g ‘ri» deb yozilgan tasdiqlovchi so‘z, 
tasdiqlovchi shaxsning lavozimi nomi, shaxsiy imzosi, uning 
ismi va otaismi bosh harflari familiyasi, nusxa tasdiqlangan 
sanadan iborat boMadi.
Masalan:
To‘g‘ri
Kadrlar bo‘limi
noziri 
__________G. Isroilova

imzo
2019-yil 18-iyun
Hujjatdan olingan nusxalami boshqa tashkilotlarga 
j o ‘natishda yoki biror mas’ul shaxsning o ‘ziga berishda tas­
diqlovchi imzo muhr bilan tasdiqlanishi lozim.
41


Hujjat turlari va xususiyatlari
Jo ‘natm a hujjatlam ing tashkilotda qoladigan nusxalari 
soddalashtirilgan k o ‘rinishda tasdiqlovchining lavozimi, tas- 
diqlangan sanasi k o ‘rsatilm ay ham tasdiqlangani qayd etili- 
shi mumkin.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin