B LA N K A LA R - BOSMA ISH Q O G ‘O ZLA R I
QANDAY B O ‘LISH I K ER A K ?
Hujjatning har bir turi (qaror, farmoyish, buyruq, xat va b.)
o ‘z mohiyati va vazifasidan kelib chiqib, yuqoridagi zaruriy
qismlarning muayyan qismi majmuiga hamda ulami joylashti-
rish standart tartibiga egadirki, bular haqida biz ushbu qo‘l-
lanmada o ‘sha hujjatlar ustida fikr yuritganda alohida to‘xtab
o ‘tamiz. Darhaqiqat, yuqorida qayd etilgan ba’zi zaruriy
qismlar bir-birini istisno etadi, muayyan hujjatning tarkibiy
qismiga ayni vaqtda kirmaydi (masalan, «Hujjatni oluvchi»
va «Tasdiqlash ustxati» zaruriy qismlari bir vaqtda foydala-
nilmaydi).
Shu bilan birgalikda, ayrim zaruriy qismlar, turidan qat’i
nazar, har bir hujjat uchun, albatta, bo‘lishi shart. Bunday zaru
riy qismlarning muayyan hujjatda bo‘lmasligi uni huquqiy
kuchdan mahrum etadi.
Hujjat blankasi tarkibiga kiradigan doimiy zaruriy qismlar
hujjatda boMishi shart bo‘lgan majburiy qismlardir. Bunday
qismlar qog‘ozning standart varag‘iga oldindan kiritilib, bos-
maxona usuli bilan yoki maxsus shtamp yordamida ko‘paytiri-
ladi. Bunday qog‘ozIar blanka1 - bosma ish qog‘ozi deyiladi.
0 ‘zbekiston Respublikasida amaldagi davlat standartiga
muvofiq, tashkiliy-farmoyish hujjatlari uchun zaruriy qismlar
tarkibidan kelib chiqib, xizmat blankalarining 2 turi joriy etil
gan: xatlar blankasi va umumiy blanka.
X a tlar blankasiga quyidagi zaruriy qismlar kiradi: «Tash-
kilotning ramziy belgisi» (agar mavjud bo‘Isa), «Vazirlik yoki
yuqori idoraning nomi» (shunday bo‘ysunish mavjud bo‘lsa),
«Tashkilot nomi», «Aloqa bo‘linmasining ko‘rsatkichi, poch-
ta va telegraf manzili, faks, telefon raqami, bank hisobraqa-
Dostları ilə paylaş: