Dalolatnoma
DALOLATNOMA
Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq bi-
ron-bir bo‘lib o ‘tgan (sodir bo‘lgan) voqea, hodisa, ish-hara-
katni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish
maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Da
lolatnoma tuzishda xilma-xil maqsadlar ko‘zlanadi, lekin uni
tuzishdan asosiy maqsad sodir bo‘lgan voqea-hodisalami yoki
mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tas-
diqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus
huquqiy m e’yorlar bilan qat’iy belgilangan. Masalan, korxo-
nalarning hisob-kitob bo‘limlari faoliyatida dalolatnomalar
aw ald an belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi
va huquqiy jihatdan muhim o ‘rin tutadi.
Dalolatnoma deyarli barcha hollarda pul mablag‘lari va mod
diy boyliklarga bog‘liq tuziladi (hatto baxtsiz hodisa yoki tabiiy
ofat haqidagi dalolatnoma asosida ham moddiy masala bor),
binobarin, u ko‘proq tadbirkorlik, moliya-xo‘jalik faoliyatida,
hisob-kitob, oldi-sotdi va savdo sohalarida keng qo‘llanadi.
Dalolatnomalar tegishli taftish o ‘tkazilgandan keyin, rah-
barlik almashinayotganda, moddiy boyliklami bir xususiy
yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga o ‘tkazishda, qurib tugal-
langan inshootlami qabul qilishdan oldin va keyin, mashina va
uskunalaming yangi nusxalarini sinovdan o ‘tkazish chog‘ida,
qimmatdor buyumlami hisobdan o ‘tkazish yoki hisobdan
chiqarishda, tovarlami miqdor va sifat bo‘yicha qabul qilib
olishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tek-
shirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlar-
ning moddiy, yashash sharoitlarini o‘rganishda va boshqa hol
larda tuziladi.
Dostları ilə paylaş: