Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

«....haqida»
shaklida bo‘lishi ham, shu­
ningdek, bosh kelishikda 
(«...hujjatlarning saqlanish ahvoli»)
bo‘lishi ham mumkin. Dalolatnoma matni murakkab tuzilish- 
ga ega bo‘lib, kirish va ta’kid (qayd, tasdiq) qismlaridan tash­
kil topadi.
Kirish qismi quyidagi tarkibga ega: 
asos
(dalolatnoma 
yuqori idoralaming m e’yoriy hujjatlari yoki muassasa rah- 
barining yozma buyrug‘iga asosan tuziladi; ishtirokchilaming 
shaxsiy tashabbusiga ko‘ra tuziladigan dalolatnomalarda bu 
qism bo‘lmasligi mumkin); 
tuzildi
(kim tomonidan - yakka, 
xususiy shaxsmi yoki komissiyami); 
ishtirok etganlar
(asosiy 
tuzuvchilardan tashqari guvoh sifatida hozir bo‘lganlar yoki 
taklif etilganlar). Dalolatnoma tuzishda qatnashgan shaxslami 
sanaganda, ulaming lavozimi, ismi va otaismining bosh harf- 
lari, familiyalari ko‘rsatiladi. Agar dalolatnoma komissiya 
tomonidan tuzilsa, birinchi b o ‘lib komissiya raisi, keyin shu 
tartibda komissiya a ’zolari ko‘rsatiladi. Komissiya a ’zolari- 
ning familiyalari, shuningdek, ishtirokchilaming familiyalari, 
odatda, alifbo tartibida yoziladi.
D alolatnom aning ta ’kid qism ida kom issiya tom onidan 
am alga oshirilgan ishlam ing m aqsad va vazifalari, m ohi- 
yat va xususiyatlari bayon etiladi, ishni am alga oshirishga 
asos b o‘lgan hujjatlar k o ‘rsatib o ‘tiladi, aniqlangan holatlar 
qayd etiladi. Zaruriy hollarda dalolatnom aning ta ’kid qis-
250


Dalolatnoma
mida aniqlangan holatlar yuzasidan xulosalar va takliflar 
qilinadi.
D alolatnom a matni so‘ngida uning necha nusxaligi 
k o ‘rsatiladi. D alolatnom a, odatda, uch nusxada tuzilib, 
birinchisi - yuqori idoraga, ikkinchisi - muassasa rahbari- 
ga j o ‘natiladi, uchinchisi esa hujjatlar y ig ‘majildiga solib 
q o ‘yish uchun topshiriladi. Shuni ham aytish kerakki, dalo­
latnoma nusxalarining miqdori m anfaatdor tom onlam ing 
soni yoki ushbu hujjatni tuzishni m a’lum tartibga soluvchi 
m e’yoriy hujjatlar k o ‘rsatm asiga bog‘liqdir. D alolatnom a­
ning necha nusxaligi haqidagi m a’lumot asosiy matn bi­
lan ilovalar (agar bor b o ‘lsa) yoki im zolar oralig‘ida joy- 
lashtiriladi. D alolatnom aga ilovalar b o ‘lgan taqdirda, ular 
dalolatnom a nusxalari haqidagi m a’lumotdan so ‘ng, im- 
zolardan a w a l joylashtiriladi.
D alolatnom a sodir b o ‘lgan voqea-hodisalarni aniqlash- 
da va mavjud holatlam i tasdiqlashda ishtirok etgan barcha 
shaxslar tom onidan imzolanadi. Bunda hujjat tuzuvchilar 
yoki tuzishda ishtirok etganlarning lavozimlari qay­
ta k o ‘rsatilm aydi. D alolatnom aga a w a l kom issiya raisi, 
keyin a ’zolari, eng oxirida uni tuzishda ishtirok etganlar 
imzo q o ‘yadi. K om issiya a ’zolarining familiyalari ham, 
ishtirokchilam ing fam iliyalari ham alifbo tartibida kel- 
tiriladi. Im zolar tik yoki bo‘ylama tartib bilan q o ‘yiladi.
Tuzuvchilardan birortasi dalolatnoma mazmuniga yoki 
uning biror bandiga qo‘shilmagan chog‘da, bu haqda imzo- 
lardan so‘ng eslatib o ‘tiladi. Agar bildirilgan e ’tiroz hajmi 
ko ‘p b o ‘lmasa, dalolatnomaning o ‘zida, imzolardan keyin 
yozib qo ‘yiladi. Aks holda, komissiya a ’zosi o ‘z e ’tiro- 
zini alohida varaqqa yozib beradi va u dalolatnomaga ilova 
qilinadi.
Dalolatnoma oddiy bichimdagi varaqda yoki umumiy 
bosma ish qog‘ozida rasmiylashtirilishi mumkin. U oddiy 
varaqda tuzilganda, to‘rtburchak muhmi qo‘llash maqsadga
251



Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin