Dalolatnoma
Dalolatnoma taftish komissiyasining a’zolari F. Salimova va
A. Usmonovdan iborat komissiya tomonidan tuzildi.
Dalolatnoma tuzishda fermer xo‘jaligi g‘aznachisi A. Izzatov
va bosh hisobchi I. Kamoliddinov ishtirok etdilar.
Shu yil 10-dekabr kuni komissiya fermer xo‘jaligi g‘aznasini
tekshirdi va quyidagilami aniqladi:
1) g‘aznachi tomonidan ko‘rsatiIgan naqd pul ...so‘m (...so‘m);
2) «Qishloqqurilish» banki bo‘limidagi joriy hisobga muvofiq
chek daftarchasi (raqamlari 00187 dan 00197 gacha);
3) 2018-yil 10-dekabrdagi to‘lovi tugallanmagan 32-raqamli
qaydnoma bo‘yicha quruvchilarga bo‘nak tariqasida to‘langan pul
.... so‘m (......so‘m);
4) yo‘qlama qilish chog‘ida g‘azna daftaridagi pul qoldig‘i,
g‘aznaning so‘nggi hisoboti bo‘yicha sanalganidek, .... (.... )
so‘mni tashkil etadi;
5) g‘aznada naqd pul hisobidan kamomad .... (.... ) so‘mni
tashkil qiladi. G‘aznachi A. Izzatov
kamomadga dalil sifatida
xo‘jalik mudiri A. Kamolovning xususiy tilxatini ko‘rsatdi, lekin
komissiya buni g‘azna chiqimlari hisobiga kiritishni ma’qullamadi
va g‘aznaga mazkur kamomad summasini darhol g‘aznaga
topshirishni taklif etdi;
6) g‘aznachi A. Izzatov g‘azna ishlarini yuritish qoidalarining
kelgusida bunday buzilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi
haqida
ogohlantirildi.
Dalolatnoma 2 nusxada tuzildi.
Taftish komissiyasi
a’zolari:
Dostları ilə paylaş: