Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə246/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

371


Xizmat yozishmalari
K afolat xati
Muayyan bir shart yoki v a’dani tasdiqlash maqsadida tu­
ziladi. Xatlaming bu turi, qoidaga k o ‘ra, bajarilgan ish uchun 
haq to ‘lashda, ishning bajarilish muddati haqida, turarjoy bi­
lan ta ’minlashda, ishga qabul qilishda, bajariladigan ishning 
sifati haqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va tashkilot 
yoki alohida shaxslarga jo ‘natiladi.
Kafolat xatlari ham boshqa xat turlaridek, odatda, idora- 
ning xos ish qog‘oziga yoziladi. Xat matnida kafolat m a’nosi 
quyidagicha ifodalanishi mumkin: 
«Tolovga kafolat bera-
miz», «То ‘lovni kafolatlaymiz»
kabi. Aynan shu jum lani qu­
yidagicha kengaytirish mumkin:
Qurilish ishlari tugashi bilan bir oy muddat ichida tegishli
haqni Sanoat-qurilish bankining Mirobod tumani filiali orqali
to ‘lanishini kafolatlaymiz
.
Kafolat xati korxona rahbari tomonidan imzolanadi. M oli­
yaviy ishlar bilan bog‘liq b o ig a n kafolat xatlariga bosh hi- 
sobchi ham imzo chekishi zarur.
Kafolat xati boshqa xatlardan farqli o ‘laroq, xat y o ila - 
nayotgan shaxsga to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri murojaat qilish bilan 
boshlanishi ham mumkin (13-14-ilovalarga qarang).
Kafolat xatlari namunalari
13-ilova
Hurmatli Hasan Abdullayevich!
«Artel» kompaniyasi Sizga o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha 
mashg‘ulotlar olib borishingiz uchun barcha sharoitlami yaratish- 
ga va o‘zaro shartnoma asosida haq to‘lashga kafolat beradi.
Zavod direktori 
(imzo)
O. Vahobov
Bosh hisobchi 
(imzo)
_______R. Karimov
372


Xizmat yozishmalari
14-ilova
Hurmatli Bahrom Karimovich!
Bizning birlashmamiz Sizni qurilish bo‘yicha bosh muhandis 
lavozimiga ishga qabul qilishga tayyor.
Sizga va oilangiz a’zolariga shu yilning ikkinchi yarmida foy­
dalanishga topshiriladigan, birlashmaga qarashli binodan ikki xo- 
nali uy ajratiladi.
Birlashma direktori 
(imzo)
N. Nosirov
Ba’zan kafolat xati matnida, kafolat berish bilan birga, 
xabar berish, so‘rash, iltimos kabi ma’nolar ham ifodalanishi 
mumkin. 15-ilovada ana shunday xat matnidan namuna kelti- 
rildi.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin