Xizmat yozishmalari
M em orandum - davlatlaming biror masala yuzasidan
o ‘zaro qabul qilgan qarorlari yuzasidan bergan bayonno-
masi. Ushbu hujjatda har tomonlama tahlil qilingan masala
lar bo‘yicha har bir davlatning fikri va o‘zaro kelishuvi bayon
qilinadi. Memorandum ham notalar yoziladigan toza, sifatli
qog‘ozlarga yoziladi, faqat unda gerb tasviri va tartib raqami
bo‘lmaydi. Shuningdek, notaga ilova tarzida beriladigan yoki
kuryer (chopar) orqali yuboriladigan memorandumlar ham
bor. Bunda tomonlardan birining ushbu masala yuzasidan o ‘z
mavqeini saqlashga qaratilgan fikriari bayon etiladi. Bunday
memorandumlar notaga ilova tarzida beri Isa, gerb, muhr, tar
tib raqami va sana bo‘lmaydi. Kuryer orqali alohida yuborila-
digan memorandumlar esa notalar yoziladigan gerbli maxsus
blankalarga yoziladi, sana va manzili ham ko‘rsatilishi shart.
Memorandum ikki davlat ichidagi turli vazirlik va qo'mita-
lar, muassasa va tashkilotlar o‘rtasida ham tuziladi. Quyida
ilmiy-tadqiqot muassasalari o ‘rtasida tuzilgan memorandum
namunasini keltiramiz:
Dostları ilə paylaş: