Xizmat yozishmalari
R a sm iy x a t
-
vazirliklar, elchixonalar, vakolatxonalar
o‘rtasidagi yozishma boiib, biror mansabdor
shaxs nomidan
yoziladi. Xat so‘ngida shu shaxslaming ismi, otaismi va fa
miliyasi, lavozimi ko‘rsatiladi, biroq imzo qo‘yilmaydi, chun-
ki bunday xatlar umumiy tashkilot nomidan yuboriladi.
Bayonot - biror mamlakatning davlat ahamiyatiga ega
masalalar yuzasidan bergan murojaatnomasi. Bayonotda,
asosan, jahon hamjamiyatiga taalluqli masalalar:
urush va
tinchlik, chegara xavfsizligi, mamlakat ichki ishlariga arala-
shishga nisbatan raddiya berish kabi masalalar yoritiladi. Shu-
ning uchun u ko‘pincha tashqi ishlar vazirliklari tomonidan
yoziladi va ommaviy axborotda ham e’lon qilinadi. Ba’zi
hollarda qo‘shma bayonotlar berilishi ham mumkin.
Bunday
bayonot bir xil qarashga ega boigan 2-3 mamlakat tomonidan
beriladi.
Bayonot rasmiy tusda yozilgani uchun hurmat-e’zoz
so‘zlaridan xoli boiadi, fikr bevosita koiarilgan masalaga
qaratilib, bayonot qaysi davlatga qanday masalada y o ila-
nayotgani va bayonot yoilovchi
mamlakatning ushbu
masalaga munosabati aniq bayon etiladi, zarur o ‘rinlarda da-
lillar bilan atroflicha tushuntirilishi ham mumkin. Bayonot
so‘ngida bayonot yoilayotgan davlat poytaxtining nomi va
sana ko‘rsatiladi, imzo, muhr qo‘yilmaydi. Shuningdek, ikki
davlat
rahbarlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida birgalikda
bayonot berish tajribasi ham b o iib , u q o ‘s h ma b a y o n o t
deb yuritiladi.
Keyingi yillarda bir davlat ichidagi
muassasa va idoralar
o‘rtasida yoki mamlakat hayotidagi muhim voqea-hodi-
sa yuzasidan bir muassasa yoki idoraning bayonoti ham
berilmoqda. Quyida unga ham namuna keltiriladi.
393