Ariza
iltimos mazmunida yozilishi mumkin. Quyida (14-20-ilo-
valarda) ana shunday arizalardan namunalar keltiramiz:
14-ilova
«Toshkent yog‘ -moy kombinati»
AJ raisi_____________ ga
margarin sexi ishchisi
Tolib Qahhorovdan
ARIZA
Oilaviy sabablarga ko‘ra (otamning og‘ir kasalligi va doimiy
parvarishga muhtoj bo‘lib qolganligi sababli), menga 2019-yilning
9-avgustidan 9-sentyabriga qadar maoshsiz ta’til berishingizni
so‘rayman.
Arizamga 3-shahar birlashgan kasalxonasidan berilgan ma’lu-
motnoma ilova qilindi.
(imzo)
T. Qahhorov
2019-yil 7-avgust
15-ilova
«Chevar» firmasining direktori
M. Nazirovaga
umumiy sex bichuvchisi
Robiya Shukurovadan
ARIZA
Menga 2015-yilning 22-fevralidan 22-dekabrigacha, ya’ni bo-
lam bir yoshga yetgunga qadar qisman maosh to‘lanadigan ta’til
berishingizni so‘rayman. Arizamga bolaning tug‘ilganlik haqidagi
2014-yil 28-dekabrda berilgan U-YUS seriyali 476244 raqamli
guvohnomaning ko4chirmasi ilova qilindi.
Dostları ilə paylaş: