Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Ma ’lumot-axborot hujjatlari



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

229


Ma ’lumot-axborot hujjatlari
Hisobot bildirishnomasi
m a’lum bir ishning tugallanishi 
haqida yoki biron-bir ko‘rsatma, tavsiya, rejaning ijrosi 
to ‘g ‘risida rahbami xabardor qilishida kerak bo‘ladi (masalan, 
0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti- 
da yangi topilgan qo‘lyozmalami o ‘rganish ishlarining borishi 
haqida).
Muayyan vazifa yoki majburiyatlaming bajarilishi haqida­
gi hisobot bildirishnomasi amaliyotda 
raport
ham deyiladi. 
Asli fransuzcha bo‘lib, rus tili orqali bizga kirgan bu so ‘zning 
inuqobili sifatida «Bildirish» atamasini q o ila y m iz 1.
Bildirishnomaning zaruriy qismlari:
1. Bildirishnoma y o ‘llangan rahbarning lavozimi, ismi va 
otaismining bosh harflari hamda familiyasi jo ‘nalish kelishigi- 
da.
2. Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi 
va otaismining bosh harflari hamda familiyasi chiqish ke- 
lishigida.
3. Matn sarlavhasi.
4. Hujjat turining nomi (Bildirishnoma).
5. Bildirishnoma matni (mazmuni).
6. Qancha varaqligi ko‘rsatilgan ilovalar ro ‘yxati (agar 
ilovalar bo‘Isa).
7. Bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning im­
zosi (agar bir necha shaxs tomonidan tayyorlangan bo‘Isa, u 
barcha mualliflar tomonidan imzolanadi).
8. Bildirishnoma taqdim etilgan sana (m uallif yoki muas­
sasa rahbari tomonidan bildirishnoma imzolanayotgan paytda 
qo‘yiladi).
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, zaruriy qismlari va 
yozilish shakli jihatidan bildirishnomalar xizmat m a’lumot- 
nomalariga yaqin turadi. Farqi shundaki, m a’lumotnomalarda
1 1990-yilda nashr etilgan « 0 ‘zbek tilida ish yuritish» qo‘llanmasida ushbu hujjat
«bildirgi» nomi bilan berilgan edi. 0 ‘tgan yillarda amaliyotda bu nom singishmadi.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin