Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

© . «Tasdiqlash ustxati». 
Ushbu zaruriy qism «Tasdiqlay- 
man» so‘zidan, hujjatni tasdiqlayotgan shaxs lavozimining 
nomi, shaxsiy imzosi, imzosining yoyilmasi va sanadan iborat 
bo‘ladi. Masalan:
Tasdiqlayman 
!
Institut direktori 
_________S. Rahimov
(imzo)
2018-yil 16-dekabr
Agar hujjat blankaga yozilmasa, lavozim oldiga tashkilot 
nomi qo‘yiladi. Hujjat yuqori yoki begona tashkilot rahbari 
tomonidan tasdiqlanganda ham, lavozim nomiga tashkilot 
nomi qo‘yiladi. Masalan:
Tasdiqlayman
0 ‘zbekiston Respublikasi 
Fanlar akademiyasi 
0 ‘zbek tili, adabiyoti va 
folklori instituti direktori
___________ N. Mahmudov
(imzo)
2018-yil 19-dekabr
Agar hujjat qaror, buyruq yoki bayonnoma bilan tasdiqla- 
nayotgan bo‘lsa, 

holda tasdiqlash ustxati: «TASDIQLAN-
29


Hujjat turlari va xususiyatlari
DI» so‘zidan, bosh kelishikdagi hujjat nomidan, uning sana va 
tartib raqam idan iborat b o ‘ladi.
Masalan:
Institut direktorining
2018-yil 27-dekabrdagi 5-sonli 
buyrug4i bilan
Tasdiqlandi
yoki
Mehnat jamoasi yig‘ilishining
2018-yil 26-dekabrdagi 
3-son bayonnomasi bilan 
Tasdiqlandi
Tasdiqlash ustxati hujjatning yuqori o ‘ng burchagiga 
qo‘yiladi. Shtat tuzilmasi va soni, shtat jadvali hujjatlarida 
tasdiqlash ustxati ustiga muhr qo4yiladi.
Ayrim hujjat turlari (dalolatnoma, shartnoma, ustav, 
y o ‘riqnoma, hisobotlar, rejalar va b.) uchun tasdiqlash ustxati 
majburiy zaruriy qism hisoblanadi.
© . «Munosabat belgisi» 
xizmat hujjatlari ustiga mansab­
dor shaxslar tomonidan muayyan fikr bildirib yoziladigan 
qaydlardir. Bunday qaydlar, odatda, nihoyatda qisqa, lo‘nda 
shaklda, ko‘rsatma tarzida yoziladi; biror qog‘ozga, u xoh 
yuqori tashkilotdan kelgan y o ‘riqnoma yoki buyruq bo‘lsin, 
xoh muayyan xodimning talabi yoki shikoyati b o isin , muno­
sabat belgisini yozishdan oldin, rahbar u bilan yaxshilab tani- 
shib chiqishi, mohiyatini chuqur anglashi va ijrosini to ‘g ‘ri 
belgilashi, vaqt-vaqti bilan nazorat qilib turishga ham e ’tibor 
berishi lozim.
M unosabat belgisining asosiy tarkibiga quyidagilar kiradi:
- ijrochi yoki ijrochilar familiyasi;
- qisqa ko‘rsatma - mazmuni;
- ijro muddati (zaruriy at bo‘Isa);

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin