(«Nozima Muro-
dovna», Zufarov
), to ‘y taklifhomalarida taklif qilinuvchiga
yaqinlik munosabatidan kelib chiqib, ismining o ‘zi
(«Qodir-
jon aka», «Said burhon aka»)
yoki unga hurmatlovchi so‘zlar,
unvonlar qo‘shib
(«domla Azizxon aka», «professor Rustam-
jon aka»)
yozilishi mumkin.
Taklifnomalar qanday tadbirga m o‘ljallanganligiga ko‘ra
shakli va badiiy bezatilishi jihatidan turlicha tayyorlanadi.
Masalan, yubiley munosabati bilan tayyorlangan taklifno-
mada yubilyaming surati, nishonlanayotgan yoshi (70 yil, 100
yil) aks ettirilishi, b a’zan yubiley muallifining she’rlaridan
parcha ham berilishi mumkin.
Taklifnomalar matni asosan uchinchi shaxs tilidan yozila
di va
«....taklif qiladi»
yoki
«taklif etadilar»
tarzida tugallana-
di. Agar taklifnoma m a’lum bir oila nomidan berilgan bo‘lsa,
bunday hollarda matn birinchi shaxs ko‘plikda ifodalanadi va,
albatta, imzo o ‘mida taklif qiluvchi oilaning nomi beriladi.
Shu o ‘rinda taklifhomalarda, ayniqsa, to‘y taklifhomala
rida noto‘g‘ri qoMlanadigan iboralar xususida to‘xtab o ‘tish
joizdir. B a’zi taklifhomalarda
«lutfan taklif qilamiz»
degan
ibora ishlatiladi. Bu ibora chaqiriq odobiga zid ekanligi «So‘z
xususida so‘z» kitobida (Toshkent, 1987, 136-137-betlar) alo
hida ta’kidlangan: «Mehmon chaqiruvchi kishi chaqiriluvchi-
ga, men sizga lutf qilib, mehmonlikka chaqiraman desa, bu
odobdan bo ‘lmaydi. Chaqiriluvchining ko‘ngliga
«Men bun
day lutfingga muhtoj emasman»,
degan fikr kelishi mumkin.
Ammo chaqiriluvchi
«lutfan chaqirganingiz uchun rahmat»
deyishi muomala odobiga muvofiqdir. Agar chaqiruvchi cha-
qiriluvchiga
Dostları ilə paylaş: |