Xizmat yozishmalari
Hujjat oluvchi muassasalaming
nomlari faqat bosh keli-
shikda yoziladi. Masalan:
О ‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va
sport vazirligi Milliy terma jam oalarni saralash,
shakllantirish va tayyorlash boshqarmasi
Xatlar y o‘llanayotgan aniq shaxslar e s a jo ‘nalish kelishigi-
da yoziladi (familiya ko‘rsatilmasligi ham mumkin). Masalan:
«Toshkent truba zavodi» qo ‘shma
korxonasi Reja-iqtisod b o ‘limi boshlig‘iga
Agar
oluvchining ismi, otaismi ham aniq bo ‘lsa, familiya
oldidan ulaming bosh harflari yoziladi. Masalan:
Parkent tumani matlubot jam iyati ulgurji va chakana
savdo ochiq aksiyadorlik jam iyati boshqaruvining raisi
S.M. Sharipovga
Agar xat harbiy unvon, boshqa maxsus unvon (adliya
maslahatchisi, davlat soliq m aslahatchisi),
ilmiy unvon yoki
darajaga ega bo ‘lgan shaxsga y o ‘llanayotgan b o ‘lsa, shaxs-
ling
tegishli lavozimi, unvon yoki darajasi yoziladi. M a
salan:
Andijon davlat
universiteti biologiya
fakultetining dekani,
professor I.R. Mutalovga
Bir turdagi tashkilotlar guruhiga yo‘llanayotgan hujjat
larda oluvchilaming nomi umumlashgan holda ko‘rsatilishi
mumkin. Masalan:
334
Xizmat yozishmalari
О ‘zbekiston Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar agentligi tizimidagi
nashriyot, matbaa uylari direktorlariga
Hujjat (xat yoki boshqa buyumlar) oluvchilaming poch
ta manzili, yuqorida ko‘rib o ‘tilganidek, pochta jo ‘natmalari
manzili kabi yoziladi. Bu yerda shunga e ’tibor qilish kerakki,
hujjat muassasa yoki uning tarkibiy bo‘linmasiga yo‘llanayot-
gan bo‘lsa, pochta manzili muassasa nomidan keyin yoziladi;
agar
hujjat xususiy tarzda, aniq bir shaxsga yo‘llanayotgan
b o ‘lsa, pochta manzili va, umuman, manzil shaxsning nomi
dan oldin yoziladi. Masalan:
Dostları ilə paylaş: