Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Adres so‘zi yuqoridagi o ‘rinda  manzil



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

Adres
so‘zi yuqoridagi o ‘rinda 
manzil
so‘ziga muqo- 
bil bo‘Isa ham, har doim 
manzil
so‘zining o ‘mini bosmay- 
di. 
Adres
so‘zi rus tilida faqat j o ‘natmalar ustidagi yozuv- 
nigina ifodalab qolmay, shaxsning yashash joyi hamda 
muassasaning o ‘mashgan joyini, shuningdek, biron shaxsni 
tabriklab yozilgan matnni ham ifodalaydi. Shuning uchun 
o ‘zbek tilida bu m a’nolami farqlash uchun 
adres
so‘zi bilan 
bir qatorda tegishli ravishda 
manzil, turarjoy, makon, tabrik-
noma
so‘zlarini q o ilash maqsadga muvofiqdir.
Xat-xabar va boshqa j o ‘natmalami tegishli joyga va egasi- 
ga tezroq hamda adashmay yetkazib berishda manzilni to‘g‘ri, 
aniq yozishning ahamiyati kattadir. Shu jihatdan rasmiy ish 
yuritishda, umuman, turmushda pochta jo ‘natmalariga manzil 
yozish muhim o ‘rin tutadi.
Shartli raqamlar xatjild chap tomonining pastki qismida 
ko ‘rsatilgan katakchalarga yoziladi. Uning qanday yozilish 
shakli xatjild orqa tomonidagi namunada ko‘rsatilgan. Shartli 
raqam sariq, qizil va yashildan boshqa rangdagi siyoh bilan 
yoziladi.
Xat-xabardan boshqa pochta jo ‘natmalari (bog‘lamli yuk- 
lar, tugunlar, qimmatdor xatlar, buyum yoki pul j o ‘natmalari) 
ga aloqa bo‘limi shartli raqamlari manzildan oldin oddiy ra­
qamlar bilan yozilishi kerak. Telegrammalarda esa olti raqamli 
pochta indeksi qo‘yilmaydi, faqat shahar aloqa bo‘limining tar- 
tib raqamigina yoziladi. Masalan: Toshkent, 47; Marg‘ilon, 8.
Pochta manzili, Axborot texnologiyalari va kommunikat- 
siyalarini rivojlantirish vazirligi yo‘riqnomasiga muvofiq, 
quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: viloyat, respublika ahami- 
yatidagi shaharlarga yuborilayotgan pochta jo ‘natmalarida 
shartli raqam yozilgandan so‘ng, aw alo , shahar nomi, keyin 
xat-xabami yetkazib beruvchi aloqa bo‘limi (raqami yoki 
nomi) ko‘rsatiladi. Bulardan keyin ko‘cha nomi, uy va xo-
329


Xizmat yozishmalari
nadon raqami va, nihoyat, oluvchining ismi, otaismi va fa­
miliyasi yoziladi. Oluvchining nomini yozganda, k o ‘pincha 
uning ismi va otaismining bosh harflarini k o ‘rsatish kifoya: 
uning familiyasi esa jo ‘nalish kelishigida («ga» qo‘shimchasi 
bilan) yoziladi. Xatjildning quyi qismida esa j o ‘natuvchining 
manzili bosh kelishikda rasmiylashtiriladi.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin