Xizmat yozishmalari
Ilova xat
Xatni qabul qilib oluvchilami jo ‘natiladigan hujjatlar haqi
da yozma xabardor qilish uchun qo‘llanuvchi
qisqacha xabar
qog‘ozidir. Ilova xat ish yuritishda keng tarqalgan. Muassasa-
larda bunday xatlar shartnoma loyihalarini, ziddiyatlar bayon-
nomalarini, da’vo materiallarini jo ‘natishda qo‘llanadi.
Ilova
xatlarda shartnomalar, da’vo materiallarining jo ‘na-
tilish vaqti va turli hujjatlar loyihasini ko‘rib chiqish muddat-
lari
ham qayd qilinadi, shu sababli da’vo-shikoyat ishlarida u
yozma dalil sifatida qoilanishi mumkin.
Ilova xatning asosiy zaruriy qismlari:
1. Xatni oluvchi muassasa va mansabdor shaxsning nomi.
2. Matn (kirish va xulosa bilan).
3. Ilova (jo‘natilayotgan hujjatlami sanash).
4. Rahbar imzosi.
Ilova xatlar boshqa hujjat materiallari bilan birga qo‘shib
jo ‘natiladi.
Ilova xatlaming matnida, odatda, xulosa qism asosiy o‘rin-
ni tashkil etadi. Unda ilova qilinayotgan
hujjatlar va ulami
jo ‘natishdan ko‘zlangan maqsad ham ko‘rsatiladi. Hujjatlami
jo'natishda har doim ham ilova xat tuzilishi shart emas. Bir-
gina hujjatni (ma’lumotnoma, buyurtmanoma va boshqalar)
jo ‘natishda ilova xatlar tuzilmaydi. Agar ilova qilingan hujjat
lar qo‘shimcha izohlar, ma’lumotlar,
taklif va iltimoslar bilan
bog‘liq bo‘lsa yoki ilova qilinayotgan hujjatlar bir necha qism-
lardan tashkil topsagina ilova xat tuzish maqsadga muvofiqdir.
Boshqa barcha hollarda ilova xat ortiqcha hisoblanadi. Ilova xat
davlat intizomiga rioya qilislini va jo ‘natiladigan hujjatlaming
yaxshi saqlanganligini nazorat qiluvchi ishonchli vositadir.
«Yo‘llaymiz», «ilova qilamiz», «qayta y o ‘llaymiz»,
«taqdim qilamiz»
kabi so‘z va
birikmalar ilova xatlaming
o ‘ziga xos belgisi hisoblanadi. 7-ilovada ilova xat namuna-
si berildi.
Dostları ilə paylaş: