Xizmat yozishmalari
Namuna
17-ilova
Yakkasaroy tumani XTBga qarashli
91-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
direktori A.L.Temirovaga
8-«V» sinf o‘quvchisi
Kamolov Ravshanning
onasi Kamolova Loladan
Kafolat xati
Men, Yakkasaroy tumani 91-umumiy o‘rta ta’lim
maktabi-
ning 8-«V» sinf o‘quvchisi Kamolov Ravshanning onasi Kamo
lova Lola, 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi
Qonuni talablarining bajarilishiga, farzandimning darslarga o‘quv
qurollari bilan o‘z vaqtida qatnashishiga,
maktab ichki tartib va
odob-axloq qoidalariga rioya etishiga kafolat beraman.
____________
imzo
Sana
S o ‘rov xati
Javob talab qiladigan bunday yozishmalarda ma’lumotlar,
hujjatlar yoki boshqa zarur narsalar so‘raladi.
Birgina xatda turli masalalarga doir bir necha so‘rov aks
etmasligi, unda bayon qilinayotgan masalalar aniq va ravshan
ifodalanishi lozim. Faqat shu holdagina yo‘llangan so‘rovga
tez va mukammal javob olish mumkin.
So‘rov xati, odatda, ikki asosiy qismdan: kirish va xu-
losadan iborat bo‘ladi. Kirishda so‘rovning yuborilish
sababi
ko‘rsatiladi, xulosa qismda esa xat yoMlangan tashkilotdan
javob talab qilinayotgan masalalar yoritiladi.
18-19-ilovalarda so‘rov xatlaridan namunalar kelliramiz.
Ular xatlar uchun moMjallangan maxsus xos ish qug‘ozlarida
rasmiylashtiriladi.
375
Xizmat yozishmalari
So ‘rov xati namunasi
18-ilova
« 0 ‘zbekkimyomash» zavodining
direktori T.A.
Salimovga
« 0 ‘zbekkimyomash» zavodida 2016-yilning ikkinchi yar-
midan boshlab davolash barokamerasi
ishlab chiqarilayotganligi
matbuot orqali ma’lum qilindi.
Bu zamonaviy uskuna bizni juda qiziqtiradi. Shu sababli
Sizdan ushbu barokameraning
mufassal tavsifi, yo‘riqnomasi va
tegishli fotosuratlarini zudlik bilan yuborishingizni so‘raymiz.
Hurmat bilan
Samarqand shahar 1-klinik
kasalxonasi bosh vrachi
Dostları ilə paylaş: