Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə256/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

Ilova xat. 
Verbal notaga qo‘shimcha yoki javob tariqa- 
sida yoziladigan hujjat bo‘lib, unda biror masala bo‘yicha 
kengaytirilgan ma’lumotlar berilishi, aw al yuborilgan nota­
ga ma’lum tuzatishlar kiritilishi, kelishilayotgan shartnomalar 
muddatini belgilash yoki o ‘zgartirish haqida xabar berilishi 
mumkin. Ilovada aw algi notaning joriy raqami va u yuboril­
gan sana va ilova necha betdan iboratligi, albatta, ko‘rsatilishi 
shart. Ilova verbal nota kabi yozilishi yoki ilova nomi bilan 
alohida yozilishi mumkin. Har ikki holda ham qaysi notaga 
qo‘shimcha qilinayotgani eslatib o‘tiladi. Ilova bilan yubori- 
layotgan verbal notalar ham do‘stona va rasmiy tusda bo‘lishi- 
ga ko‘ra umumiy qonun-qoidalar asosida yoziladi.
Ilova xatlar biror vakil orqali shaxsan topshirilishi ham, 
kuryer (chopar) orqali jo ‘natilishi ham mumkin. Ilova nota bi­
lan qo‘shib yuborilsa, manzil va sana yozilmaydi. Agar alohi­
da yuborilsa, jo ‘natuvchining manzili va sana ko‘rsatilishi 
shart.
392


Xizmat yozishmalari
R a sm iy x a t 
- vazirliklar, elchixonalar, vakolatxonalar 
o‘rtasidagi yozishma boiib, biror mansabdor shaxs nomidan 
yoziladi. Xat so‘ngida shu shaxslaming ismi, otaismi va fa­
miliyasi, lavozimi ko‘rsatiladi, biroq imzo qo‘yilmaydi, chun- 
ki bunday xatlar umumiy tashkilot nomidan yuboriladi.
Bayonot - biror mamlakatning davlat ahamiyatiga ega 
masalalar yuzasidan bergan murojaatnomasi. Bayonotda, 
asosan, jahon hamjamiyatiga taalluqli masalalar: urush va 
tinchlik, chegara xavfsizligi, mamlakat ichki ishlariga arala- 
shishga nisbatan raddiya berish kabi masalalar yoritiladi. Shu- 
ning uchun u ko‘pincha tashqi ishlar vazirliklari tomonidan 
yoziladi va ommaviy axborotda ham e’lon qilinadi. Ba’zi 
hollarda qo‘shma bayonotlar berilishi ham mumkin. Bunday 
bayonot bir xil qarashga ega boigan 2-3 mamlakat tomonidan 
beriladi.
Bayonot rasmiy tusda yozilgani uchun hurmat-e’zoz 
so‘zlaridan xoli boiadi, fikr bevosita koiarilgan masalaga 
qaratilib, bayonot qaysi davlatga qanday masalada y o ila- 
nayotgani va bayonot yoilovchi mamlakatning ushbu 
masalaga munosabati aniq bayon etiladi, zarur o ‘rinlarda da- 
lillar bilan atroflicha tushuntirilishi ham mumkin. Bayonot 
so‘ngida bayonot yoilayotgan davlat poytaxtining nomi va 
sana ko‘rsatiladi, imzo, muhr qo‘yilmaydi. Shuningdek, ikki 
davlat rahbarlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida birgalikda 
bayonot berish tajribasi ham b o iib , u q o ‘s h ma b a y o n o t
deb yuritiladi.
Keyingi yillarda bir davlat ichidagi muassasa va idoralar 
o‘rtasida yoki mamlakat hayotidagi muhim voqea-hodi- 
sa yuzasidan bir muassasa yoki idoraning bayonoti ham 
berilmoqda. Quyida unga ham namuna keltiriladi.
393


Xizmat yozishmalari
1-ilova
O‘zbekiston 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin