Xizmat yozishmalari
D ip lo m a tik y o zish m a la rn in g tu rlari
Diplomatik yozishmalar juda keng qamrovli bo‘lib,
ularda mamlakatlaming o‘z mustaqilligini e’lon
qilishi va
boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘matishiga oid
masalalargina emas, xalqlaming taqdirini hal etishga qaratilgan
tinchlik, betaraflik, qurolsizlanish kabi siyosiy masalalar, o‘zaro
iqtisodiy va madaniy hamkorlik qilishga oid turli masalalar
ham yoritiladi. Shunga ko‘ra, diplomatik hujjatlarning turi ham
har xil bo‘lib, har birini yozishning o‘ziga xos qonun-qoidalari
borki, ularga qat’iy rioya qilinishi shart.
Hozirgi vaqtda davlatlararo aloqalarda diplomatik yozish
malarning quyidagi turlari faol qo‘llanmoqda:
1. Nota va bayonotlar.
2. Rasmiy xatlar.
3. Ilova xatlar.
4. Yarim rasmiy shaxsiy xatlar (nomalar).
5. Esdalik yozishmalari.
6. Diplomatik (protokol) qaydnomalar.
7. Memorandumlar.
Bu o‘rinda shuni qayd etib o‘tish kerakki, ushbu hujjatlar,
asosan, o‘zaro yozishmalardan-xatlardan iborat bo‘lgani uchun
ulami
diplomatik yozishmalar
deb atash ma’qulroq ko‘rinadi.
Sanab o‘tilgan an’anaviy, barcha tomondan e ’tirof etilgan
hujjatlar qatorida ko‘pchilik davlatlar qo‘llaydigan, ammo
unchalik qat’iy bir qolipga, shaklga ega bo‘lmagan
hujjatlar
ham mavjud. Bu guruhga deklaratsiyalar (bayonnoma), davlat
rahbarlarining murojaatlari, shuningdek, telegrammalar kira-
di. Keyingi paytda telegrammalar yuborish kengaydi. Ular
milliy bayramlar,
tavallud kunlari, yubileylar munosabati
bilan yuboriladi. Telegrammani o‘z vaqtida yuborishning ham
ahamiyati katta. Chunonchi, davlatga yangi rahbar tayinlanishi
munosabati bilan o ‘z vaqtida yuborilgan telegramma davlatlar
o‘rtasidagi aloqani yaxshilashga xizmat qiladi.
387
Xizmat yozishmalari
Nota. Davlatlararo yozishmalaming eng asosiy va keng
tarqalgan turi bo‘lib, biror muhim masala yuzasidan axborot
beruvchi oliy darajadagi hujjatdir.
Unga bevosita davlat
boshliqlari, prezidentlar, vazirlar, elchilar va boshqa yuqori
mansabdor shaxslar orasidagi yozishmalar kiradi. Shuningdek,
nota biror shaxsga bevosita murojaatsiz, ko‘pincha davlatlaming
davlatlarga, vazirlikning vazirlikka yoki elchixonaga yo‘l lagan
axboroti sifatida ham yoziladi. Shunga ko‘ra,
hozirgi
vaqtda jahon hamjamiyatida notalaming ikki xil turi keng
qo‘llanmoqda: shaxsiy nota va verbal nota. Bulaming har ikkisi
ham hurmat-e ’ zoz so ‘ zlarining qo ‘ llanishiga ко ‘ ra do ‘ stona yoki
rasmiy tusda bo‘lishi mumkin. Nota do‘stona, iliq munosabatda
yozilganda, hurmat so‘zlarining me’yordan ortiq qo‘llanishi,
rasmiy, ya’ni o‘rtacha munosabatni ifodalaganda, shuningdek,
ta’ziya bildirilganda, maqtov so‘zlarining biroz chegaralangan
holda qo‘llanishi kuzatiladi.
Shaxsiy va verbal notalarga
xos umumiy xususiyatlar
quyidagilar:
1. Notalar yuqori qismiga davlatning nomi yozilgan va
davlat gerbining tasviri tushirilgan eng toza, sifatli qog‘ozga
yoziladi.
2. Qog‘ozning yuqori o‘ng burchagiga nota yo‘llayotgan
davlat poytaxtining nomi va sana yoziladi.
3. Notaning hajmidan qat’i nazar, birinchi betning pastki
chap tomoniga u yo‘llanayotgan davlat nomi to‘liq yoziladi,
xatjild ustida ham xuddi shu manzil ko‘rsatiladi.
Endi ulaming har birini alohida-alohida ко‘rib chiqamiz.
S h a x s i y n o t a - bevosita davlat boshliqlari
yoki yuqori
mansabdor shaxslar o‘rtasidagi diplomatik yozishmadir.
Bunda ushbu mansabdor shaxslaming lavozim darajalari teng
bo‘lishi talab qilinadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, nota va
bayonotlarda davlatlaming, lavozimlaming nomlanishida yo‘l
qo‘yilgan har qanday xato yoki kamchilik mensimaslik yoki
bepisandlik alomati sifatida qabul qilinadi va mamlakatlaming
388