Tashkiliy hujjatlar
V. ILM IY-TAHRIRIY RAH BARLIK
5.1. « 0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy
nashriyotiga ilmiy-metodik rahbarlikni Bosh tahrir hay’ati amalga
oshiradi. Bosh tahrir hay’ati tarkibiga yirik olimlar, jamoat
arboblari kiradi.
Bosh tahrir hay’ati « 0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»ning
g‘oyaviy, ilmiy, tahririy va badiiy darajasini oshirishda, maqolalar
mezonini belgilashda, so‘zliklami tasdiqlashda, murakkab va
munozarali masalalarni hal etishda bevosita qatnashadi. Uning
yig‘ilishlari yilning har choragida bir marta o‘tkaziladi. Bosh
tahrir hay’ati a’zolarining ism-familiyalari ro‘yxati ensiklopediya
sarvarag‘ida berib boriladi.
5.2. Universal ensiklopediyada fan sohalari bo‘yicha ilmiy
maslahat kengashlari ham tuziladi. Ulaming a’zolari Bosh tahrir
hay’ati a’zolari rahbarligida ishlaydi va muayyan sohaning so‘zligi
hamda maqolalarini ко‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.
VI. BOSHQARUV VA NAZORAT
6.1. Nashriyotga direktor boshchilik qiladi. Uni 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va
ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Bosh direktor lavozimiga
tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi.
6.2. Direktor nashriyot nomidan ishonch xatisiz ish tutadi,
nashriyot nomidan barcha muassasa, korxona va tashkilotlarda
vakolatli hisoblanadi, qonun doirasida nashriyot mulki va
mablag‘larini tasarruf etadi, nashriyotning butun ishlab chiqarish,
xo‘jalik faoliyatini moddiy jihatdan ta’minlaydi, mablag‘lar
va ashyolami tejab sarflash bo‘yicha zarur choralar ko‘radi,
shartnomalar tuzadi, ishonch xatlari, shu jumladan, boshqa odam-
larga ishonch huquqini topshiradi, banklarda hisobraqamlari va
boshqa raqamlami ochadi.
6.3. Direktor o‘z vakolati doirasida mehnat jamoasi xodimlari
bajarishi shart deb hisoblangan buyruqlar va farmoyishlar
chiqaradi. Ishchi va xizmatchilar bilan mehnat munosabatlarini
amaldagi mehnat qonunlari asosida ishlab chiqilgan jamoa mehnat
shartnomasi va ichki mehnat tartibi bo‘yicha olib boradi. Ishchi
Dostları ilə paylaş: