Shartnoma
Kontrakt, nizomga ko‘ra, bir yil muddatga tuziladi.
Uning
muddatini ilmiy muassasa rahbari tegishli ilmiy xodim bi
lan o ‘zaro kelishgan holda belgilaydi. Kontrakt-shartnoma-
ning zaruriy belgilari umumiy shartnomalar uchun yuqorida
k o ‘rsatib o ‘tilgan belgilardan deyarli farq qilmaydi. 1-, 2-ilo-
valarda kontrakt-shartnomalaming
muayyan holatlarga mos-
lashtirilgan, bir qadar soddalashtirilgan namunalari e ’tibori-
ngizga havola qilinadi.
Shartnoma namunalari
1-ilova
20-SONLI MEHNAT SHARTNOMASI
2019-yil 2-yanvar
Toshkent shahri
1. 0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (keyingi
o‘rinlarda « 0 ‘zR FA») prezidenti (F.I.O.) (keyingi o‘rinlarda
«Prezident») va filologiya fanlari doktori, (F.I.O.) (keyingi
o‘rinlarda «Institut direktori») ushbu
shartnomani quyidagilar
haqida tuzdik:
2. Filologiya fanlari doktori (F.I.O.) 0 ‘zR FA 0 ‘zbek tili,
adabiyot va folklori instituti direktori lavozimiga tayinlanadi.
3. Shartnoma bo‘yicha ishlash muddati bir yil, ya’ni 2019-yil
2-yanvardan 2019-yil 31 -dekabrgacha.
Institut direktorining majburiyatlari
4. a) 0 ‘zR FA hamda 0 ‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
nizomlari, mehnat va texnologiya intizomi (Ichki mehnat tartibi
qoidalari va Intizom to‘g‘risidagi qoidalar)ga
rioya qilish;
b) Fanlar akademiyasi prezidentining qonuniy farmoyishlarini
bajarish;
d) institut faoliyati uchun shaxsan javob berish va uning
tuzilmasini zamon talablariga binoan takomillashtirish;
e) o‘zining asosiy faoliyatini ilmiy-tashkiliy ishlami bajarishga
safarbar qilish;
81
f)
mehnatni muhofaza qilish, institut olimlarining o‘z ustida
ishlashini muntazam nazorat etish, xavfsizlik texnikasi
va xizmat
sanitariyasi talablariga rioya qilishni tashkil etish;
g) lavozim yo‘riqnomalariga rioya qilish;
h) qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etish;
i) jamoa shartnomasi shartlariga rioya qilish,
institut
xodimlarini byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ijtimoiy
limoyalash;
j) fan taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan ustuvor muammolami
tanlash, ilmiy, ijtimoiy-tashkiliy va xo‘jalik
ishlarining yuqori
darajada bajarilishini tashkil qilish;
k) tayanch doktorantura va doktorantura orqali yuqori malakali
ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlash rejalarini bajarib
borish;
1) iqtidorli yosh olimlarga chet tillami o‘rgatish va ulami
tajriba orttirish uchun xorijiy davlatlarga
safarlarga yuborishni
ta’minlash;
m) xalqaro ilmiy aloqalar bo‘yicha ishlarga rahbarlik qilish va
belgilangan tartibda hamkorlik ishlarini olib borish;
n) ilmiy natijalaming amalda qoMlanishini ta’minlash,
institutning moddiy-texnik bazasini yaxshilash,
asosiy fondlar va
boshqa mol-mulklaming saqlanishini ta’minlash;
o) Fanlar akademiyasi Hay’ati boshqarmalari va bo‘limlariga
institutning ilmiy va ilmiy-tashkiliy faoliyati to‘g‘risida hisobotlar
taqdim etib borish.
Dostları ilə paylaş: