Shartnoma
3.3. 0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 434-mod-
dasiga ko‘ra sotib oluvchiga sifati tegishli darajada bo‘lmagan to
var sotilganida, agar uning kamchiliklari shartnoma tuzish paytida
ma’lum qilinmagan bo‘lsa, Sotib oluvchi o‘z xohishiga ko‘ra:
- xuddi shu markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli
darajada bo‘lgan tovarga almashtirishni;
- xarid narxini tegishlicha qayta hisoblagan holda boshqa
markadagi (modeldagi, artikuldagi) sifati tegishli darajada bo‘lgan
tovarga almashtirishni;
- tovaming kamchiliklarini tekinga bartaraf etishni yoki Sotib
oluvchi yoxud uchinchi shaxs tomonidan tovaming kamchiliklari
ni bartaraf etish uchun qilingan xarajatlar qoplanishini;
- xarid narxini mutanosib ravishda kamaytirishni;
- ko‘rilgan zarar o‘mini qoplagan holda shartnoma bekor qili-
nishini talab qilish huquqiga ega.
Tovar uchun to‘langan pul summasini Sotib oluvchiga qay-
tarish vaqtida Sotuvchi undan tovardan to‘liq yoki qisman foy-
dalanganligi, tovar ko‘rinishi yo‘qolganligi yoki boshqa shunga
o‘xshash holatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan bo‘lsa,
shuncha summani ushlab qolishga haqli emas.
3.4. Sotuvchi shartnoma bo‘yicha majburiyatni bajarmagan
taqdirda, zararni qoplash va beqarorlik jarimasini to‘lash Sotuv-
chini majburiyatni asl holida bajarishdan ozod qilmaydi.
3.5. Agarda Sotib oluvchi shartnomaning tovarlar miqdori,
assortimenti, sifati, butligi, idishi va o‘ralishi to‘g‘risidagi shart-
lari buzilganligi haqida Sotuvchiga o‘n kun muddat ichida ma’lum
qilmasa, Sotuvchi shartlar buzilganligi natijasida kelib chiqadigan
oqibatlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
IV. Fors-major holatlar
4.1.
Sotuvchi fors-major holatlar (majburiyatlami lozim dara
jada bajarish uchun to‘sqinlik qiluvchi yengib bo‘lmas kuch ta’si-
ri: elektr o‘chishi natijasida yuzaga keladigan kuyish, tovar yet-
kazilayotgan paytda sodir bo‘lgan tasodifiy shikastlamsh, yong‘in
chiqishi, suv tegishi natijasida buzilishi va boshqa holatlar) nati
jasida yuzaga keladigan oqibatlar uchun javobgar bo lmaydi.
Dostları ilə paylaş: