Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

95


Tashkiliy hujjatlar
- tovami mansub ashyolari va tegishli hujjatlari bilan birga 
topshirishni talab qilish.
2.4. Sotib oluvchining majburiyatlari:
- sotib olgan tovar haqini o‘z vaqtida to‘lash;
- tovami o‘z vaqtida qabul qilib olish;
- shartnoma shartlariga to‘liq rioya etish;
- Sotuvchiga yetkazilgan zarami qoplash;
- Sotuvchi tomonidan tovami saqlash uchun qilingan zarur 
harajatlami to‘lash.
Sotib oluvchi shartnomaning tovarlar miqdori, assortimenti, 
sifati, butligi, idishi va o‘ralishi to‘g‘risidagi shartlari buzilganligi 
haqida sotuvchiga o‘n kun muddat ichida ma’lum qilishi shart.
III. Shartnoma bo‘yicha javobgarlik
3.1. 
Agar Sotib oluvchiga uning talabiga ko‘ra sotish joyi- 
da darhol tovar to‘g‘risidagi axborotni olish imkoni berilmagan 
yoxud uning tovami ko‘zdan kechirish, tovaming xossalarini 
tekshirish yoki tovardan foydalanishni ko‘rsatishni talab qilish 
huquqi ta’minlanmagan bo‘lsa, u chakana oldi-sotdi shartnoma- 
sini tuzishdan asossiz bosh tortilgani tufayli o‘zi ko‘rgan zarar- 
ni to‘lashni sotuvchidan talab qilishga, agar shartnoma tuzilgan 
bo‘lsa, oqilona muddatda shartnomani bajarishdan bosh tortishga, 
tovar uchun to‘langan summani qaytarishni va zarami qoplashni 
talab qilishga haqli.
Sotib oluvchiga tovar to‘g‘risida tegishli axborot olish imkoni­
ni bermagan Sotuvchi tovar sotib oluvchiga topshirilganidan so‘ng 
tovarda paydo bo‘lgan kamchiliklar uchun ham, agar Sotib oluvchi 
bu kamchiliklar o‘zida bunday axborot bo‘lmagani sababli paydo 
bo‘lganini isbotlasa, javobgar bo‘ladi.
3.2. 
Agarda tovar Sotib oluvchiga idishsiz va o‘ralmagan hol­
da yoki tegishli idishga joylanmagan va tegishli darajada o‘ralma- 
gan holda topshirilgan taqdirda, Sotib oluvchi Sotuvchidan tovami 
idishga joylashtirish va o‘rashni yoxud tegishli bo‘lmagan idish 
va o‘rashni almashtirishni talab qilish yoki bu talablami qo‘yish 
o‘miga ushbu shartnomaning 3.3-bandi birinchi qismidagi ta­
lablami qo‘yishga haqli.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin