Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

hadya
shartnomalari 
alohida o ‘rin egallaydi. 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Fuqarolik kodeksining 502-moddasida hamda «Notari- 
uslar tomonidan notarial harakatlami amalga oshirish tartibi 
to ‘g ‘risida»gi y o ‘riqnomada ko‘rsatilishicha, hadya shartno- 
masiga muvofiq, bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya 
oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib berishi yoki berish maj- 
buriyatini olishi; unga o ‘ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan 
mulk huquqi (talabi)ni berish majburiyatini olishi; yoxud uni 
o ‘zi yoki uchinchi shaxs oldidagi muikiy majburiyatdan ozod 
qilishi yoki ozod qilish majburiyatini olishi mumkin.
Ashyo yoki huquq muqobil berilganida, yo bo ‘lmasa, 
muqobil majburiyat mavjud bo‘lganida, shartnoma hadya 
deb tan olinmaydi... Biron-bir shaxsga ashyoni yoki mulk 
huquqini tekinga berishni yoki biron-bir shaxsni muikiy maj­
buriyatdan ozod etishni v a’da qilish (hadya etishni v a’da qi­
lish), agar v a’da tegishli shaklda berilgan bo‘lsa va kelajakda 
aniq shaxsga ashyo yoki muikiy huquqni tekinga berish yoki 
uni muikiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq k o ‘rinib 
turgan bo‘lsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi.
Ashyo, mulk huquqi yoki muikiy majburiyatdan ozod 
qilish shaklida hadya narsasini aniq ko‘rsatmasdan, o ‘zining 
mol-mulkini yoki mol-mulkning bir qismini hadya etishni 
va’da qilish o‘z-o‘zidan haqiqiy emas.
Hadyani hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan 
key in topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma o ‘z-o‘zidan 
haqiqiy emas. Bunday hadyaga nisbatan FKning vorislik
116


Shartnoma
to g 4risidagi qoidalari qo‘llanadi. Boshqacha qilib aytganda, 
bunday farmoyish vasiyatnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Transport vositasini hadya qilish shartnomasi. 
Trans­
port vositasini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi 
kerak. Bu shartnoma ikki nusxada tuzilib, uni har ikkala to­
mon - hadya qiluvchi va uni qabul qiluvchi imzolaydi. Nota- 
rius hujjatni o ‘rganib, uning har ikkala nusxasiga tasdiq belgi- 
larini yozib chiqadi va gerbli muhr bilan tasdiqlaydi. Shundan 
so ‘ng hadya qilish shartnomasi maxsus ro‘yxatga kiritiladi 
va tegishli tartib raqamiga ega bo‘ladi. Transport vositalarini 
hadya qilishda texnik pasport, qarindoshlikni tasdiqlovchi 
hujjat, hadya qiluvchi turmush o ‘rtog‘i (eri yoki xotini)ning 
roziligi, transport yig‘imining hamda davlat bojining to‘lan- 
ganligi haqidagi pattalar, albatta, ko‘rsatilishi kerak.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin