Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Transport vositasini hadya qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

Transport vositasini hadya qilish
shartnomasi namunasi
10-ilova
SHARTNOMA
Toshkent shahri, ikki ming o‘n to‘qqizinchi yil 
o‘n beshinchi mart
Biz, Toshkent shahri Olmazor ko‘chasi 18-uyda yashovchi 
Sodiq Xoliqovich Salimov va Toshkent shahar 4-Qorasuv dahasi 
40-uy, 28-xonadonda yashovchi Qodir Mo‘minovich Ibrohimov, 
ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:
1. 
Men, S.X. Salimov, Toshkent shahar IIB davlat avtonazorat 
ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘limi tomonidan 2018-yil 24-fev- 
ralda berilgan GE 434545 raqamli texnik pasportga asosan men- 
ga tegishli «Lasetti» markali yengil mashina (2018-yilda ishlab 
chiqarilgan, shassi raqami 40145, dvigatel raqami 86517, oq rang- 
li, davlat raqami belgisi 01A 525 SV)ni Q. M. Ibrohimovga hadya 
qildim.
117


Tashkiliy hujjatlar
2. Men, Q.M. Ibrohimov, mazkur avtomashinani S.X. Sali- 
movdan hadya sifatida qabul qildim.
3. Mazkur avtomashina shartnoma tuzuvchilar tomonidan 
64000000 (oltmish to‘rt million) so‘m miqdorida baholandi.
4. Hadya qilingan avtomashina bu shartnomaga qadar hech 
kimga sotilgan emas, garovga qo‘yilmagan, nizoda bo‘lmagan, 
foydalanish taqiqlab qo‘yilmagan.
5. Shartnoma uch nusxada tuzildi: 1-nusxa notarial idora- 
da saqlanadi, qolgan nusxalar Q.M. Ibrohimovga avtomashinani 
ro‘yxatdan chiqarish va ro‘yxatga qo‘yish uchun berildi.
(imzo)
S. Salimov
(imzo)
Q. Ibrohimov
(Notarial idoraning tasdiqlovchi yozuvlari va muhri)
Endi uy-joyni yoki uning bir qismini hadya qilish shartno- 
masiga namuna keltiramiz:
Namuna
11-ilova
UY-JOYNI HADYA QILISH
SHARTNOM ASI
0 ‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri, 
ikki ming o‘n to‘qqizinchi yil yigirma birinchi may kuni
Biz, Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri Mustaqillik ko‘cha- 
si 25-uyda yashovchi Solijon Xoliqovich Qodirov va Marg‘ilon 
shahri Navoiy ko‘chasi 40-uyda yashovchi Qobil Solijonovich 
Qodirov, ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:
1. 
Men, Solijon Xoliqovich Qodirov, Marg‘ilon shahri Mustaqillik 
ko‘chasidagi 400 kvadrat metrli yer maydoniga joylashgan 25-raqamli 
uy-joyimni o‘g‘lim Qobil Solijonovich Qodirovga hadya qildim.
Hadya qilinayotgan uy-joy yashash maydoni 72 kvadrat metr 
bo‘lgan 4 ta xona, 2 ta daxliz va oldi oynavand ayvonli bitta bir 
qavatli, pishiq g‘ishtdan qurilgan uydan iborat bo‘lib, uyning

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin